Manchesterning ikki jamoasi APLning yangi qoidasiga qarshi chiqishgan
08 sen 2017 20:32
Yangiliklar


Manchesterning ikki jamoasi APLning yangi qoidasiga qarshi chiqishgan
Kecha Angliya Premer-ligasidagi jamoalar transfer oynasini chempionat boshlangunga qadar yopishga ovoz berishgan edi.
Malum bo'lishicha, 5ta klub bunga qarshi ovoz bergan.
Qarshi ovoz berganlar: "Manchester Yunayted", Manchester Siti", "Suonsi", "Kristal Pelas" va "Uotford". "Bernli" esa ovoz berish jarayonida ushlanib qolgan.
Oldinroq, Premer-liga yozgi transfer oynasi muddatini o'zgartirmoqchiligi malum bo'lgan edi. 2018 yilning yozida oyna chempionat boshlangunga qadar yopiladi. Qaror klublarning ovoz berishidan so'ng qabul qilindi. APL jamoalarining ko'pchiligi buni maqullagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar