"Manchester Yunayted" Toni Kroosni sotib olishi mumkin

15 mar 2018, 17:26
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Real" futbolchisi Toni Kroosni yozda sotib olishi mumkin.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa rahbariyatidan yozdi "Real" klubi futbolchisi Toni Kroosni sotib olish to'g'risida taklif bildirgan. Germaniya terma jamoasi futbolchisi "mankunianliklar"ning asosiy maqsadi bo'lib qolgan. Futbolchining transfer narxi 80 million evro deya baholanmoqda. Eslatib o'tamiz, Toni Kroosning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yili o'z nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru