“Manchester Yunayted”ning yangi xo'jayinlari ten Xagning kelajagi borasida bir qarorga kelishdi
19 fev 08:31
Yangiliklar
“Manchester Yunayted”ning yangi xo'jayinlari ten Xagning kelajagi borasida bir qarorga kelishdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Angliya jamoasida ishlashda davom etadi.
Jurnalist Devid Ornshteynning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, “Manchester Yunayted”ning yangi xo'jayinlari niderlandiyalik mutaxassisning ishidan mamnun va uni klubning uzoq muddatli loyihasining bir qismi sifatida ko'rishmoqda.
Ten Xag 2022 yilning yozida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyiga aylangandi. Umumiy hisobda, 53 yoshli mutaxassis MYU bosh murabbiyi sifatida barcha turnirlarda 97 ta o'yin o'tkazib, shundan 60 tasida jamoasi g'alaba qozongan, 11 tasida durang o'ynagan va 26 tasida mag'lubiyatga uchragan.
Eslatib o'tamiz, “Manchester Yunayted” APL turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda. “Qizil iblislar” 25 o'yinda 44 ochkoga ega.
Fikrlar