"Manchester Yunayted"ning yangi sardori tayinlandi
20 iyu 2023 21:45
Yangiliklar
"Manchester Yunayted"ning yangi sardori tayinlandi
Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ning yangi sardori etib tayinlandi. Bu haqda “qizil iblislar” rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Futbolchi klubda bir necha marta sardorlik bog'ichi bilan maydonga tushgan, endilikda esa Erik ten Xag Fernandeshning doimiy ravishda jamoa etakchisi bo'lishini tasdiqladi.
U yaqinda sardorlikdan rasman mahrum qilingan va yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi haqida mish-mishlar tarqalayotgan himoyachi Harri Maguayrdan bog'ichni qabul qiladi.
Yarim himoyachi 2020 yildan beri klub safida 185 ta o'yinda maydonga tushib, 64 ta gol urdi va 54 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar