Manchester Yunaytedning yangi sardori kim bo'lishi deyarli ma'lum

Alisher
18 iyul 2023, 08:09
Manchester Yunayted sardori bo'lishga asosiy da'vogar ma'lum bo'ldi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, jamoa yetakchilaridan biri Brunu Fernandesh katta ehtimol bilan jamoaning yangi sardoriga aylanadi. Qayd etilishicha, portugaliyalik yarim himoyachi bir oy avval Saudiya Arabistonidan tushgan ikkita taklifni rad etgan.

Avvalroq, Erik ten Hag Harri Maguayrdan sardorlik bog'ichini olib qo'ygandi. O'tgan mavsum Brunu va Varan vice-sardor vazifasini bajargandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com