"Manchester Yunayted"ning 98 millionlik taklifi rad qilindi
27 iyu 2020 20:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583477_original.jpg)
![](/upload/storage/583477_220.jpg)
"Manchester Yunayted"ning 98 millionlik taklifi rad qilindi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Yunayted" tomonidan Jeydon Sancho borasida yuborilgan ilk taklifini rad qildi, deb xabar beryapti Bild.
"Qizil iblislar" 20 yoshli futbolchi uchun 89 mln funt (98 mln evro) taklif qildi, ammo bu summa "Borussiya"ni qoniqtirmagan. Dortmundliklar o'yinchi uchun 120 mln evro olmoqchi.
Koronavirus pandemiyasi barcha klublarga katta moliyaviy zarar berganiga qaramay, "Borussiya" Sanchoning narxini pasaytirish haqida o'ylamayapti. Tez orada MYU yangi taklif bilan chiqishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Sancho o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazdi va 20 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar