So’nggi yangiliklar

11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  0 10:40Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди  0 10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  0 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  5 09:01“Арсенал”га қарши драматик ғалабадан сўнг Кунья: “Ана шу баҳслар учун бу клубга келганман"  6 08:34Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди  4 08:15Расман: "Хоразм" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 07:48Вадим Абрамов: "ЦСКАни ҳар куни ҳам ютавермаймиз"  6 05:08"Ал Ҳилол" пешқадам бўлишига қарамай, аутсайдер билан баҳсда очко йўқотди  0 04:00А Серия. "Рома" ва "Милан" ўртасидаги баҳсда ғолиб аниқланмади  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Наполи"ни йирик ҳисобда таслим қилди  3 23:43"Арсенал"нинг 13 ўйиндан иборат мағлубиятсиз сериясига МЮ нуқта қўйди  34 23:40Кэррикдан супер старт! "Манчестер Юнайтед" унинг қўл остида "Арсенал" ва "Ман Сити"ни мағлуб этди  16 23:32Эндрикдан хет-трик! "Лион" сафарда "Метц"ни тор-мор этди  2

"Manchester Yunayted"ga yangi qon kerak Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ga yangi qon kerak

Sulsherning MYU boshqaruvini o'z qo'liga olganiga 1 yildan oshiq vaqt o'tdi.

SHu muddat ichida MYU muxlislari azobli kunlarni ko'proq o'tkazishdi desam adashmagan bo'laman. Bir g'alabaning ortidan ikki mag'lubiyat jamoaga xavf solaveradi. Bir chiroyli o'yin ortidan ketma-ket nolga teng bahslar kuzatiladi. Biroq imperiyaning qurilishi doimo shunday boshlanganligini yoddan chiqarmaslik lozim.

Masalan, ser Aleks Fergyuson davrida "Yunayted" ilk mavsumda Angliya 1-divizioni 11-pog'onasini qayd etgandi. Oradan vaqt o'tib, divizion Angliya Premer-ligasi nomini olganidan keyin esa mankunianliklar Fergi bobo davrida doimo sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgandi.

Ammo Fergi ketdi, o'zi bilan jamoaning, klubning katta omadini o'zi bilan olib ketdi. Xo'sh, nega ayni paytda MYU juda-juda yomon o'yin ko'rsatmoqda? Himoyaga nega sust? Hujumdagi ishlar doimo barqaror emas? Nega?Kecha kelgan Maguayr nega bugun MYUning sardori? Nega De Xeaga bo'layotgan deyarli barcha zarba golga aylanmoqda? Nega MYU zarba berishga qiynalmoqda?

Sarlavhadagi "yangi qon" so'zi aslida istefo manosida emas. Sulsherning yuragi MYU deb uradi. Kerrikning yuragi MYU deb uradi. Biroq Vudvordniki emas. Aslida maydondagi ishlar rahbariyatning siyosati mahsuli hisoblanadi. Krauchning gapida jon bor. Bu so'nggi 30 yillikdagi MYUning eng yomon tarkibi. Pereyra MYU darajasida emas, Fil Jons, Jessi Lingard, Antoni Marsyal kabilar ham MYUning darajasida emas. Nega unda ular hali ham jamoada? Balki dunyoning eng kuchli akademiyalaridan biriga ega bo'lgan "Manchester Yunayted" ularning o'rniga o'rinbosarlarni akademiya orqali tarbiyalamoqchidir? Biroq necha yil vaqt ketadi bunga? MYUning nodonlik bilan olib borilayotgan transfer siyosati barcha natijalarning ko'lankasi bo'lmoqda. Erling Xolland o'n beshtakam MYU futbolchisi edi. Klub o'zi uchun arzimagan pul tufayli uni sotib olmadi. Ortidan esa Reshford 3 oyga safdan chiqdi. Marsyalning bunday o'yini esa birorta muxlisga yoqmayapti.

Aslida Sulsherning aybi unchalik ham katta emas. Fergyuson ketganidan keyin MYU sport direktorligiga Ed Vudvord keldi-yu, barcha ish ortga qarab ketdi. Jamoaning sobiq futbolchisi Skott Parker to'g'ri aytdi, ayni damda MYU futbol klubi emas, biznes markaziga aylandi. SHu boisdan transferlar uchun ajratiladigan mablag' MYU saviyasida bo'lmaganlarga ishlatilmoqda. Selekciya va bosh murabbiy istagan futbolchilar o'rniga Vudvord xohlagan futbolchilarni olib kelmoqda.

"Liverpul" bir vaqtlar oldinga bir qadam tashlash uchun ortga ikki qadam tashlardi. SHu orqali endi mersisaydliklar shunday natijalarni qayd etishmoqda. Mag'lubiyatsiz va g'alabali seriyali rekordlar yaqin davrlar ichida "Liverpul" tomonidan yangilanib tashlanadi. Klopp tuzayotgan imperiya esa tog' kabi baquvvat bo'lmoqda. Gvardiolaning "Siti"si ham doimo o'zgacha o'yin ko'rsatmoqda. Tiki-takaning davosi asta-sekinlik bilan topilayotgan bo'lsa-da, bu uslub o'z natijasini berishda davom etmoqda.

Ushbu ikki klub o'zining yo'lini keskin tarzda o'zgartirdi, akademiya emas, balki transferlar orqali jamoani kuchaytirdi. Jamoaning kuchayishi uchun katta mablag' sarflandi. Asosiysi - transferlar siyosati to'g'ri ishlamoqda. MYU esa bir teshigini yopsa, yana uch teshigi ochilib qoladigan teshik qopga o'xshab qoldi.

Sulsher "Manchester Yunayted"ni yaxshi biladi. Ichki qoidalar, tartiblar, yo'l-yo'riqlar... Ammo bu mavsumni qurbon qiladigan payt etib keldi. MYU bu mavsum sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoa emasligini bir necha bora ko'rdik. Evropa chempionlar ligasini jamoa bir necha yil unutishi va to'g'ri yo'lga tushib olishi kerak. Agarda klub akademiyasiga katta etibor qaratishni istayotgan bo'lsa, taxminan 3-4 yil davomida transfer qilinadigan futbolchilar soni kamayadi. Demak, yosh futbolchilar orqali tarkib to'ldirilishda davom etadi.

Ularning tajriba orttirib, chempionlikka hos xarakterga ega bo'lish uchun esa 3-4 yil vaqt ketadi. Vudvorddan katta transfer kutishning hech ham foydasi yo'q. Siz kutayotgan Bruno ham kelmaydiganga o'xshaydi. U ham siz kutgan Xolland kabi yoqasini ushlab ketadi. 

Hozirgi MYUni esa qutqarish juda ham qiyin. Avvaliga rahbariyatdagi pulni o'ylaydigan biznesmenlarni futbolni tushunadigan rahbarlar bilan o'zgartirish kerak. Nima uchun "Real" Ronaldu ketganidan keyin ham sovrinlarga ega chiqmoqda? Klub rahbariyati doimo ketganlarning o'rnini tezkorlik bilan to'ldirishga intiladi. Transferlarga doimo katta pul sarflanadi. Yakuniy natija - sovrinlar.

Lukaku ketdi, o'rniga hech kim olinmadi. Sanches ketdi, o'rniga hech kim olinmadi. O'z vaqtida Zlatanning o'rni ham hech kim bilan to'ldirilmadi. 

MYU deb jon beradigan Sulsher ketishi kerakmi yoki pul uchun jonini beradiganlarmi? Hulosa o'zingizdan.

Mirjalol Normatov

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика