So’nggi yangiliklar

21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  0 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  12 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0

"Manchester Yunayted"ga 5 ta jiddiy davogar bor Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ga 5 ta jiddiy davogar bor

Kelasi juma kungi dedlayn oldidan klubni sotib olish uchun 5 ta guruh raqobatga kirishdi.

Hafta boshida qatarlik xususiy investorlar guruhi ingliz klubini to'liq sotib olish bo'yicha harakatga kirishgani malum qilingan edi. Endigi xabarga ko'ra, ular to'rtta raqibning jiddiy qarshiligiga duch keladi. Oxirgi muddat oldidan bazi takliflar ham yuborilgan. Qatardan tashqari Amerika Qo'shma SHtatlaridan ham qiziqish bor. SHuningdek, Buyuk Britaniyaning eng badavlat insoni va butun umrlik "qizil iblislar" tarafdori Ser Jim Retkliff ham klubni sotib olish uchn bo'layotgan urinishlardan chetda turmasligini bildirgan.

Tez orada jarayonning birinchi bosqichi yakunlanadi. Keyinchalik maxfiylik shartlarini qabul qilganlarga "Yunayted" moliyaviy malumotlari saqlanadigan "malumotlar xonasi"ga kirish huquqi beriladi. Malum bo'lishicha, tarkibida Saudiya Arabistonining "Nyukasl"ga egalik qiladigan investorlariga ham shunday ruxsat berilgan. Ularning rasmiy taklif bilan chiqishi yoki yo'qligi hozircha nomalum.

Gleyzerlar oilasi "Manchester Yunayted" uchun 6 milliard funt talab qilayotgani xabar qilingan. Biroq ular hozircha ommaga aniq raqamlarda qancha mablag' istashlarini oshkor qilmadi. Ular, shuningdek, investiciyaning ikkita alohida shaklini qabul qilishga tayyorliklarini aytishgan. Birinchisi klubdagi ulush evaziga mustaqil ravishda naqd pul kiritish shaklida, ikkinchisi esa murakkab tijoriy hamkorlik asosida.

PSJga egalik qiluvchi QSI guruhidan alohida bo'lgan qatarliklar ularning taklifi eng kuchli bo'lishiga ishonchi komil.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика