"Manchester Yunayted" yana bir o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi
05 iyu 2019 16:31
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" yana bir o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirdi
"Manchester Yunayted" va yarim himoyachi Andreas Pereyra yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
SHartnoma 2023 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Uni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish mumkin.
"Andreas - akademiyamiz tarbiyalanuvchisi va u MYUda o'ynash nimaligini biladi.
Andreas maydon markazidagi qattiq mexnati evaziga jamoaning muhim azosi bo'la oldi.
U mashg'ulotlarda to'xtovsiz ishlaydi, xarakteri yaxshi va kelajakdagi o'sish uchun nima qilish kerakligini biladi", - dedi jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher.
O'tgan mavsum 23 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 15ta o'yin o'tkazdi va bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar