"Manchester Yunayted" Xames Rodriges bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Alisher
9 iyun 2020, 15:07
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

28 yoshli xavbek "Manchester Yunayted"ga kerak. Manchesterliklar "Real" bilan muzokaralar olib bormoqda va ular madridliklardan o'yinchining narxini tushirishni so'rashmoqchi.

Xames Rodriges joriy mavsum "Real" libosida 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi "Real"ga 2014 yilda "Monako"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun