"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" yulduzini nishonga oldi
18 apr 2023 15:09
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" yulduzini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Mateus Nunesga qiziqmoqda.
"Football Insider" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi "qizil iblislar" short-listiga kiritilgan, chunki Erik ten Hag o'zining yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni istamoqda. Mish-mishlarga qaraganda, "Manchester Yunayted" etakchilaridan biri Brunu Fernandesh ham yurtdoshi bilan bir jamoada o'ynashni xohlaydi.
Avvalroq yosh portugaliyalik yarim himoyachi hozirda "Liverpul"ning asosiy maqsadi emasligi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda u "bo'rilar" safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermartk uning qiymatini 45 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar