"Manchester Yunayted" "Vest Xem" o'yinchisi uchun 47 million evro taklif qilmoqchi
11 jan 2020 12:57
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "Vest Xem" o'yinchisi uchun 47 million evro taklif qilmoqchi
"Manchester Yunayted" "Vest Xem" himoyachisi Issa Diop bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Qizil iblislar" o'yinchining transferi uchun 47 million evro to'lashga tayyorlar.
Oldinroq, futbolchiga "CHelsi" va "Tottenxem" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.
Diop "bolg'a urarlar" tarkibiga 2018 yilda kelib qo'shilgan edi. Uning transferi uchun klub "Tuluza"ga 22 million evro to'lagan edi.
Franciyalik futbolchi joriy mavsum APLda 15ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikrlar