“Manchester Yunayted” va “Arsenal” “Atalanta” futbolchisi uchun kurashadi
14 dek 2019 09:56
Yangiliklar


“Manchester Yunayted” va “Arsenal” “Atalanta” futbolchisi uchun kurashadi
Deyan Kulusevski APL klublari nigohida.
Transfer huquqi “Atalanta”ga tegishli bo'lgan, joriy mavsum esa “Parma” safida ijarada to'p surayotgan Deyan Kulusevski faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. 19 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga “Manchester Yunayted” hamda “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
“Atalanta” futbolchisi bilan 42,5 mln funt evaziga xayrlashishga tayyor.
Deyan noyabr oyida ilk bor SHveciya terma jamoasidan chaqiruv oldi. U joriy mavsum “Parma” safida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar