So’nggi yangiliklar

01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:57Миллатлар лигаси. Хорватия, Португалия ва Испания терма жамоаси иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

“Manchester Yunayted” taklifini rad etgan futbolchilar Yangiliklar

“Manchester Yunayted” taklifini rad etgan futbolchilar

Kazemironing "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishi butun futbol jamoatchiligini lol qoldirdi.

O'shanda "Manchester Yunayted" Angliya premer-ligasi turnir jadvalida so'nggi o'rinlardaning birini egallab turgandi. Bazida odamlar jiddiy qiyinchiliklarni izlaydilar, lekin hamma ham braziliyalik kabi jasur emas, ayniqsa Jahon chempionati oldidan bunday keskin qarorga kelavermaydi. Keyingi, yozda “Manchester Yunayted”ga o'tishdan bosh tortgan futbolchilar haqida gapiramiz.

Darvin Nunes
Mavsum oralig'ida Nunes ko'plab xaridorlar, jumladan, Krishtianu Ronalduning o'rniga uzoq muddatli o'rinbosar qidirayotgan "Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirgandi. Natijada, urugvaylik futbolchi “Liverpul” bilan faol muzokaralar o'tkazdi. "Manchester Yunayted" yosh hujumchini "qizillar" bilan kelishuvga erishgan paytda uni xarid qilish fikridan voz kechdi. Darvin mankunianliklarning taklifidan xabari bor edi. Biroq futbolchi CHempionlar ligasida ishtirok etish maqsadida “qizil iblislar” taklifiga rozi bo'lmadi.



Frenki de Jong
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning “Manchester Yunayted”ga o'tishi borasida tinmay yozishdi. Biroq futbolchining o'zi esa “Manchester Yunayted” taklifidan qochib yo'llarini izladi. Hattoki, ingliz klubi taklif qilgan yuqori maosh hamda bosh murabbiy - Erik ten Xag bilan ishlash imkoniyati ham qiziqtirmadi. SHubhasiz, mankunianliklarning uni qo'lga kiritish istagini hisobga olsak, yarim himoyachi "Manchester Yunayted"ning asosiy figuralaridan biri bo'lardi. Kataloniyaliklar futbolchini sotishga tayyor edi, biroq u ketishni qatiyan rad etdi.

Yurrien Timber
"Ayaks" himoyachisi Yurrien Timber yuqori darajadagi ijro deb bo'lmaydi. SHunday bo'lsa-da, u «Manchester Yunayted»ga o'tishdan bosh tortdi. Avvaliga futbolchi Manchesterga ko'chib o'tishga rozi bo'ldi, biroq keyinchalik terma jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal bilan gaplashib, fikrini o'zgartirgan. Mutaxassis hamyurtini yangi klubida kam o'ynasa, jahon chempionatiga chiqmasligi mumkinligidan ogohlantirdi. Natijada Timber barqarorlikni tanladi va "Ayaks" bilan shartnomasini uzaytirdi. Mankunianliklar esa uning uchun 50 million evrodan voz kechmoqchi bo'lgandi.

Brayan Brobbi
"Ayaks"ning yana bir futbolchisi "Manchester Yunayted"ga o'tishni rad etdi. Ten Xag shaxsan Brobbi bilan bog'lanib, uni Manchesterga taklif qildi. Futbolchi Amsterdamdagi jamoaviy ish bo'yicha mutaxassisni yaxshi bilishiga qaramay, bu taklifni rad etdi. 2021 yilning iyulida hujumchi «Ayaks»ni tark etib, «RB Leypsig»ga o'tdi. Germaniyaga safari muvaffaqiyaciz tugadi. Brobbi taqdirni yana vasvasaga solmaslikka qaror qildi va unga hamma narsa tanish bo'lgan “Ayaks”ga qaytib keldi.

Kalvin Fillips
Mavsum oralig'ida Kalvin Fillipsga Manchesterning ikkala klubi ham davogarlik qilishdi. Ammo "Yunayted"ga o'tish varianti deyarli ko'rib chiqilmadi. Natijada, u “Manchester Siti”ni tanladi. Yaqinda bergan intervyusida Filips mankunianliklarni rad etganini tan oldi, lekin unga bo'lgan qiziqishlari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi. "Etihad"da esa futbolchining ishlari yaxshi ketmayapti. APLning joriy mavsumida u atigi 1 daqiqani maydonda o'tkazdi.



Yan Zommer
"Yunayted" ko'proq o'yin vaqtini olish uchun Din Xendersonni "Nottingem Forest"ga ijaraga berdi. SHundan keyin ko'pchilikni bir savol qiziqtira boshladi: David De Xea o'rniga kim o'rinbosar bo'ladi? Mankunianliklar iqtidorlarni akademiyadan qidirmadi, ko'proq nomdor darvozabonlarga etibor qaratdi. “Manchester Yunayted” Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi darvozaboni Yan Zommerni sotib olishni xohladi, biroq u transferni rad etdi. Futbolchi ko'p vaqtini zaxirada o'tkazishini va maydonga tushish imkoniyati pastligini inobatga olib, “qizil iblis”lardan tushgan taklifni rad etdi.

Adrien Rabio
Rabioning «Yuventus»dan ketishi ehtimoli o'tgan mavsumdan boshlab muhokama qilina boshladi. Futbolchini turli klublar bilan bog'lashdi, jumladan, “Manchester Yunayted” nomi ko'p marotaba tilga olindi. Tomonlar muzokaralar olib borishdi, lekin hech narsa bo'yicha kelisha olishmadi. Bir versiyaga ko'ra, mankunianliklar futbolchini moliyaviy talablari tufayli muzokarani to'xtatgan. Boshqa malumotlarga ko'ra, yarim himoyachining o'zi klub istiqbollarini shubhali baholab, "Yunayted"ga o'tishdan bosh tortgan. Nima bo'lishidan qatiy nazar, transfer amalga oshmadi.

Denzel Dyumfris
Dyumfris o'tgan mavsumni A Seriyada yuqori saviyada o'tkazdi. SHu fonda “neradzurri” himoyachisiga qator jamoalar qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga davogarlardan biri «Manchester Yunayted» edi. Biroq futbolchi Premer-ligada, hattoki, vatandoshi qo'l ostida o'ynash imkoniyatiga ham etibor tortmadi. “Qora-ko'klar”ning ustozi Simone Indzagi futbolchini qo'yib yuborishni istamadi. Natijada bu transfer amalga oshmadi. Tomonlar hatto shartnoma tuzishga ham yaqin emas edi.



Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика