"Manchester Yunayted" so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
10 fev 2019 11:47
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
"Manchester Yunayted" APLning 26-turi doirasida "Fulxem"ni mag'lub etdi.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "qizil iblislar" barcha turnirlarda ketma-ket 6ta safar o'yinida g'alabaga erishishdi. Bu Ser Aleks boshchiligida 2009 yildan buyon qayd etilgan eng yaxshi natija bo'lib turibdi.
Bungacha mankunianliklar "Kardiff", "Nyukasl", "Tottenxem", "Arsenal" va "Lester" kabi jamoalarning maydonida g'alabaga erishishgandi.
Jamoa kechagi g'alabadan keyin APL turnir jadvalining 4-pog'onasiga joylashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar