"Manchester Yunayted" safardagi mag'lubiyatsiz o'yinlar soni bo'yicha APL rekordini yangiladi
29 avg 2021 23:20
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" safardagi mag'lubiyatsiz o'yinlar soni bo'yicha APL rekordini yangiladi
Angliya Premer-ligasining uchinchi turida "Manchester Yunayted" klubi "Vulverxempton"ni mag'lubiyatga uchratdi (1:0).
Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari APLning ketma-ket 28 uchrashuvida safardagi o'yinlarda mag'lubiyatga uchramadi. Jamoa bahslarda 18 g'alaba va 10 durang qayd etdi.
SHu tariqa MYU 2003 yil aprelidan 2004 yil sentyabrigacha mehmonda mag'lub bo'lmagan "Arsenal" rekordini yangiladi.
"Qizil iblislar" safardagi keyingi uchrashuvini 18 sentyabr kuni "Vest Xem"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar