So’nggi yangiliklar

11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  0 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  1 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  0 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1

"Manchester Yunayted" Rayola bilan janjallashmoqda: bu muammo klubni APL 5-o'rinidan ko'proq tashvishga solishi kerak Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Rayola bilan janjallashmoqda: bu muammo klubni APL 5-o'rinidan ko'proq tashvishga solishi kerak

Rayola bugungi kunda juda katta tasir kuchiga ega bo'lib ulgurgan.

"Bugun men boshqa birorta futbolchini "Manchester"ga olib bormasdim, – olovga kerasin sepgandek dedi Pogba kelajagi borasida gapirarkan agent Mino Rayola. – MYU Maradona, Pele va Maldinidek buyuk futbolchilarning ham faoliyatini sindirar edi. Bu jamoaning na bir aniq loyihasi, na bir tanlagan yo'li mavjud emas".

MYU oxirgi 10 yilda "boshidan ko'p narsalarni o'tkazdi", lekin dunyoning eng mashhur agentlaridan birining bunday fikr bildirishi klubdagilarni baribir tashvishga solishi turgan gap. Bu klubning ishlariga bevosita tasir ko'rsatmoqda. Avval Xolandning amalga oshmagan transferi, hozir – katta ehtimol bilan Pogbaning ketishi, ketmagan taqdirda ham u jamoadan ajralib bo'ldi. Sulsher franciyalik o'rniga variantlarni ko'rib chiqmoqda va portugaliyalikni olib kelishga juda yaqin. Kelajakda Rayola bilan munosabatlar yomonlashganining salbiy tasiri davom etadigandek.


O'tmish: Erling Xoland

Xoland MYU bilan shartnoma tuzishi hal bo'lgan ishdek edi. Xoland Sulsher bilan birga "Molde"da ishlagan va aynan o'sha erda katta futbolga kirib kelgandi. Sulsher futbolchining otasi (va agentlardan biri) bilan yaxshi tanish. Ular Norvegiya termasida uzoq vaqt birga to'p tepgan. Xoland APLda o'ynashni orzu qiladi va bu haqida bir necha bor aytib o'tgan. Keling, ochig'ini aytaylik, MYUda u asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi aniq edi. Sababi hozir klubda boshqa markaziy hujumchining o'zi yo'q. Markus variant yo'qligidan u erda o'ynayotganini unutmaylik.

Lekin muzokaraga Rayola qo'shildi va o'zining shartlarini aytdi. "Dortmund" bilan Rayola (yakunda futbolchi aynan shu klubga o'tganidan xabaringiz bor) shartnomaning quyidagi bandlari borasida kelishib oldi – tovon puli (u qadar katta bo'lmasa-da) va komissiya pullari. Yani Rayolaning o'zi va futbolchining otasiga jarayonda bevosita ishtirok etgani uchun yaxshigina pul to'lab berildi. MYU bu shartlarni bajarishdan bosh tortdi va o'yindan chiqdi.

"Ular shunchaki transfer amalga oshmaganidan jaxlda, – javob beradi Rayola. Angliyaliklar bilan transferni Rayola buzganmidi degan savolga agent shunday javob berdi. – Biz odatdagidek muzokalar o'tkazdik, lekin futbolchi boshqa yo'lni tanladi".

Darvoqe, Xolandning o'zi ham "Manchester" variantiga shubha bilan qaragandi. The Athletic "Borussiya"ning iqtidorlar bilan ishlash uslubi – Obameyang, Pulishich, Sancho, Dembele, shuningdek aynan Xoland uchun tuzilgan dastur futbolchining etiborini tortgan. Lekin aynan ishda Rayola ham borligi bu transferni ilojsiz qilib qo'ydi.

"Manchester" avvaliga hatto Rayolasiz ishni bitirmoqchi bo'ldi. Klub futbolchining otasiga maktub jo'natgan, lekin Xollandning otasiga kelgan maktublar o'sha ondayoq Mino Rayola pochtasiga ham ketavergan.


Bugungi kun: Pol Pogba

MYU – Rayola – Pogba voqeasi anchadan buyon davom etmoqda. Qachonlardir agent "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tishidan 41 million funt ishlab olgandi. Hozir Rayola Pogbani boshqa klubga o'tkazish niyatidaligini umuman yashirmayapti va barchasini tayyorlamoqda.

Misol uchun, yaqinda Pogba tibbiy tekshiruvdan o'tganida kichik muammo aniqlangandi va shoshilinch operaciyaga hojat bo'lmasa-da, futbolchi bu ishni tezlashtirdi va ikki oyga safdan chiqdi.

"Unga darhol operaciya qilish kerakligini aytishgan. Biz rentgen qildik – u erda jiddiy hech narsa yo'q. Bu muammoni qachondir hal qilish kerak edi, lekin shoshilinch hech nima yo'q edi. Ammo endi biz Pol Pogbasiz qoldik, Maktominey ham jarohat oldi va biz qiyin vaziyatda qolib ketdik", – qag'urib gapirgandi Sulsher.

Pogba nega shoshilganini tushunish mumkin – shu yo'l bilan u yozgacha barcha muammolardan qutilib oladi va jismoniy holatini tiklab, ko'proq jamoalar qiziqishiga sabab bo'ladi.


Kelajak: Jessi Lingard, Markus Reshford va boshqalar

Ha, hozir Lingard faoliyatining omadsiz davrini boshdan o'tkazmoqda – 2019 yil davomida futbolchi APLda birorta golli uzatma amalga oshirmaganining o'zi vaziyatni qanchalik jiddiyligini namoyon qilmoqda. Lekin klubdagilar hamon o'z tarbiyalanuvchisiga ishonmoqda va unga imkon berishyapti. 

SHu o'rinda, Lingard klub menejmentini endi Rayola bilan ishlayotgani haqida xabardor qilgani va jamoa futbolchini yo'qotishi mumkin ekanligi emas, balki Rayola "qizil iblislar" tarbiyalanuvchilari bilan jon-jon deb shartnoma imzolayotgani havotirlidek.

The Athletic xabar berishicha, Rayola bilan kuni-kecha klubning boshqa bir tarbiyalanuvchisi Markus Reshford uchrashgan. Barchasi ko'ngildagidek o'tganiga qaramay, tomonlar hozircha hech qanday hujjat imzolashmagan. Ammo bu kelajakda amalga oshmaydi degani ham emas. 

Klubdagilardan tashqari, Rayola umuman zamonaviy futboldagi ko'plab yosh iqtidorlar bilan shartnoma imzolashni xush ko'radi – Xoland, Keyn, De Ligt, De Yong. Rayola bilan kelishmovchilik sabab "Manchester Yunayted" agentning bugungi kundagi va kelajakdagi mijozlaridan ayrilib qolmasa bo'lgani...


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика