So’nggi yangiliklar

"Manchester Yunayted" Raboni xarid qilish uchun iqtidorli futbolchisidan voz kechishga tayyor Yangiliklar

"Manchester Yunayted" Raboni xarid qilish uchun iqtidorli futbolchisidan voz kechishga tayyor

MYU "Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Raboni sotib olish uchun mablag' yig'moqda.

Klub bu uchun xavbek Jeyms Garnerni sotishga tayyor, deb xabar berdi "The Guardian".

Manbaga ko'ra, mankunianlar yosh iqtidor uchun 18-20 million evro olishni istashmoqda. Biroq bu etarli bo'lmasligi mumkin, chunki Angliya klubi hozircha Rabo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelisha olmayapti.

21 yoshli Garner o'tgan mavsum "Nottingem Forest"da ijara asosida o'ynadi va klub safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика