So’nggi yangiliklar

08:22Ўткир Юсупов "Фулад"даги дастлабки икки ўйинида Эронда ҳеч ким қила олмаган ишни бажарди  0 07:50Суперлига. Бугун охирги учрашувларида ғалабасиз кетаётган жамоалар ўзаро баҳс олиб боради  1 07:21ЎзФҲМ томонидан ушбу вазиятда «Динамо» посбонига нима сабабдан қизил карточка кўрсатилгани тушунтириб берилди  0 07:10Лига 1. ПСЖ - "Монпелье", ПСЖ рақиб ҳимоясини тешиб ташлади  0 02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  2 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  4 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  2 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  4 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3

"Manchester Yunayted"ning qishdagi eng yaxshi va eng yomon transferlari Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ning qishdagi eng yaxshi va eng yomon transferlari

Qishki transferlar oynasi ochilganda klublar joizi bo'lsa, jamoaga yangi qon quyadi.

Mish-mishlar haqiqiy transferlardan anchagina ko'payadi. Aynan qishda ko'plab kerak bo'lmagan ko'chish ishlari amalga oshiriladi. SHu jumladan, "Manchester Yunayted"da ham.

MYU ham qishki transferlar kampaniyasida omadsiz va ajoyib xaridlarni amalga oshirgan.

ENG YOMON

5. Viktor Valdes

Uzoq yillik asosiy kiperi bilan hamkorlikni to'xtatganidan so'ng, Valdes 2014 yilda o'ziga yangi jamoa qidirishni boshladi. 2015 yilning yanvarida ECHLning 3 karra g'olibi erkin agent sifatida "Manchester Yunayted"ga o'tdi.

David De Xeaning jamoadagi rolini hisobga olsak, u ikkinchi raqamli sifatida ro'yxatga olingan posbon xalqning oldida Lui Van Galning zaxira jamoasi tarkibida o'ynashni istamadi. U oradan bir yil o'tib, shartnomasida ko'rsatilgan barcha pullarni olib, "Manchester Yunayted"ni tark etdi.

Aslida o'sha vaqtlarda "Manchester Yunayted" David De Xeani "Real"ga sotib yuborish borasida muzokaralar olib borayotgandi. Ammo ishlar o'xshamagani uchun Valdes zaxira darvozaboni bo'ldi. MYUdagilar darvozabonni ketkazish uchungina pulni to'lashga rozi bo'lishgandi.

4. Rodrigo Possebon

Roy Kin ketganidan keyin 2005/06 yilgi mavsumda "Yunayted"ning markaziy yarim himoyasida bo'shliq paydo bo'ldi. O'sha vaqtlarda Ser Aleks akademiya va transferlar bozoriga murojaat etdi. Possebon 2008 yilda "Manchester Yunayted"ning yarim himoyasidagi kamchiliklarni bartaraf etishi umidida "Old Trafford"ga olib kelindi.

Ammo u jamoadagi boshqa iqtidorlar orasida yo'qolib qoldi. Darren Fletcher va Pak Ji Sun jamoadagi asosiy yarim himoyachilar bo'lishdi. SHuningdek, Darren Gibson va Anderson ularning o'rnida o'ynay olishardi. Oyog'idagi og'ir jarohatidan keyin Possebon tiklana olmadi va shu boisdan 2009 yilda "Braga"ga ijaraga berildi. 2010 yilda esa Braziliyaga qaytib ketdi. Rodrigoning Manchesterdagi faoliyati shu tarzda yakunlandi.

3. Zoran Toshich

Possebon kabi Toshichda ham omadlar boshlanmasidan oldin "Yunayted"dagi faoliyat yakunlandi. Uni "Partizan"dan olib kelish ham ancha qiyin bo'lgandi: transferga Adem Lyaich ham qo'shilishi kerak edi, ushbu ikki futbolchining jamoaga qo'shilishi uchun ruhsat olish transfer amalga oshirilishini kechiktirdi. Toshich 2009 yilning yanvaridagina jamoaga o'tdi va "Tottenxem"ga qarshi Kubok o'yinida zaxiradan tushib debyut qildi.

Serbiyalik vinger har doim ham o'yinlarda ko'rinish beravermagach, xalqning etiboridan yo'qoldi. Germaniyadagi davomsiz ijarama ijara yuraverganidan so'ng u 2010 yilda Ser Aleksdan qo'yib yuborishni so'radi.

Toshich bir necha yillar davomida CSKA tarkibida Rossiya chempionatida sermahsullikni namoyish qila oldi. Keyinchalik uning aytishiga ko'ra, Ser Aleks uni jamoada qolishiga ko'ndirmoqchi bo'lgan ekan. Ammo Toshich "Yunayted"ga moslasha olmagan birinchi va oxirgi futbolchi emas.

2. Uilfrid Zaa

Toshich kabi bu erda ham "Yunayted" potenciali yuqori futbolchidan mahrum bo'lgan.

Zaa 2013 yilning yanvarida "Kristal Pelas"dan transfer qilingandi. Ammo u mavsum yakuniga qadar o'sha erda ijarada qoldi. Zaa 2013/14 yilgi mavsumda "Yunayted"ning chempionlikni himoya qilishi kerak bo'lgan tarkibiga mos tushishi so'roq ostida turgandi. Aksiga olib, 2013 yilning mayida Ser Aleks ham nafaqaga chiqdi. 

Zaa qaytganida jamoa boshqaruvini Devid Moyes o'z qo'liga olgandi. U yosh futbolchini jamoaga mos ko'rmadi. Uilfrid zaxiraning "asosiy" futbolchisi bo'ldi va shundan keyin u yana "Kristal Pelas"ga qaytarib yuborildi. SHuningdek, Lui Van Gal ham uni asosiy tarkibga kiritmadi.

Yosh angliyalik futbolchi, balki, "Yunayted"dagi jamoadoshlarining saviyasida bo'lmagandir. Ammo u "Selxerst Park"da etakchiga aylana oldi.

1. Aleksis Sanches

Bu futbolchi "Yunayted"ga kelganiga bir yildan oshdi. Dahshat!

2018 yilning yanvarida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'z futbolchilarini almashtirdi. Genrix Mxitaryan Londonga yo'l olgan bo'lsa, Manchesterda uning o'rnini Aleksis Sanches to'ldirdi. CHililikning yomon starti jamoaning omadsiz o'yinlari tufayli bo'ldi, albatta. Aleksis yuqori maosh olayotgan bo'lsa-da, jamoaga foyda keltirmayotgani, muxlislarning unga bo'lgan qiziqishlarini so'ndirdi. Sanches mashg'ulotlarda tizzasidan jarohat oldi, asosiy tarkibdan ham tushdi. Eng yomoni, o'z faoliyatidagi har tomonlama xunuk mavsumini o'tkazdi.

Aleksis MYUga kelguncha, Premer-liganing eng zo'r futbolchilaridan biri edi, keyinchalik u o'z soyasida qolib ketdi. U "Yunayted" uchun hali hech nima qilgani yo'q. Ha, hozircha u jamoani tark etmadi. Ammo shunday bo'lgan taqdirda MYUning eng ko'p maosh oluvchisi eng omadsiz transfer bo'lishi mumkin.

ENG YAXSHI

5. Pol Skoulz

2011 yilda faoliyatini yakunlaganini elon qilgan bo'lsa-da, Skoulz jamoadan ketmadi. U Karringtonda murabbiy sifatida ishlab turdi. Ammo "Yunayted"da yarim himoyachilar muammosi boshlanganidan keyin katta futbolga qaytishga qaror qildi. Ser Aleks 2012 yilda jamoaning tarkibida Skoulzni kiritishni boshladi.

Skoulz chempionlik kurashidagi poygada muhim futbolchilardan biri bo'ldi. U navbatdagi mavsumda ham jamoada qoldi va unda mankunianliklar "sershovqin qo'shnilari"dan chempionlikni tortib olishdi. Pol jamoadan ketish arafasida klubning afsonasiga aylandi.

4. Lui Saa

Lui Saaning Manchesterdagi faoliyatida doimiy ravishda jarohatdar halaqit qilaverdi. Ammo franciyalik futbolchi sog'lom bo'lgan vaqtida Fergyusonning hujum chizig'idagi asosiy qurolga aylanardi.

Saa "Fulxem"dagi ajoyib mavsumlardan keyin 2004 yilning yanvarida jamoaga tashrif buyurgandi. O'sha vaqtlarda "Yunayted" engilmas "Arsenal"ning soyasida qolib ketayotgandi. Uning transferidan keyin "Yunayted"ga umid qaytdi. Runi va Ronaldu bilan birgalikda "qizil iblislar"ning ajoyib hujum uchligini tashkil qildi. 2005-2007 yillar davomida u doimiy ravishda gollar urib turdi. SHundan keyin Joze Mourinoning "CHelsi"si MYUdan grandlikni tortib oldi.

Saa APLda ikki marta medallarni qo'lga kiritdi, ECHL sovriniga ega chiqdi, shuningdek, Liga Kubogiga ham erishdi. Afsuski, ko'plab jarohatlar uning uzoq yillar Manchesterda qolishiga yo'l qo'ymadi. Ammo uning 42 golini va "Yunayted"dagi faoliyatini yoddan chiqarish mumkin emas.

3. Xuan Mata

Mata - Manchesterdagi faoliyatida ko'plab sovrinlarga ega chiqmagan, ammo uzoq yillar davomida jamoaga ko'plab foyda keltirgan ajoyib maestro.

U jamoaga kelgan vaqtlarida Moyes MYUni kuchli to'rtlikka olib kirolmayotgandi. SHotlandiyalik istefoga chiqsa ham, Mataning faoliyati omadli tomonga qarab ketdi.

Ispaniyalik futbolchi 2014/15 yilda Van Gal qo'l ostida ajoyib mavsumni o'tkazdi va jamoa kuchli to'rtlikda qoldi. Mata esa o'zining zargarona o'yinlari, "Enfild"dagi "qaychi" uslubidagi goli bilan yodda qoldi.

2015/16 yilgi mavsumda Xuan evrokuboklarda o'zining holati ajoyib ekanligini ko'rsatdi. Uning goli Angliya Kubogi finalida hisobni tenglashtirdi. U "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda g'alaba golini, "Xall Siti" bilan bahsda esa mavsumdagi ilk golni kiritdi. "Yunayted"dagi faoliyati davomida u Angliya Kubogi, liga Kubogi va Evropa ligasi sovriniga ega chiqdi.

Endilikda Mata "Manchester Yunayted"ning asosiy tarkib futbolchisi bo'lmasa-da, uzoq yillar mobaynida "Yunayted"ning faxriysiga aylandi, jamoada necha murabbiylar almashgan bo'lsa-da, ular ispaniyalikni jamoadan ketkazib yubormadi. Mata o'zining kamtarligi, kamgapligi tufayli ham muxlislarning olqishiga erishdi. Aynan futbol maydonidagi mo'jizakor o'yinlar ushbu transfer qanchalar to'g'ri ekanligini ko'rsata oladi.

2. Patris Evra

Klub muxlislarining yoqimtoyi va afsona - "Yunayted"ning omadli transferlaridagi ro'yxat usiz o'tmaydigan futbolchi.

Franciyalik chap qanot himoyachisi 2006 yilning yanvarida "Monako"dan o'tgandi va tezda jamoaga foyda keltirishni boshladi. Evra Gabriel Xayncening o'rnini bosa oldi. Natijalar u va Nemanya Vidichning jamoaga qanchalar kerakligini ko'rsatdi. 2005/06 yilgi mavsumda "CHelsi"ni etib bo'lmasdi, ammo "Yunayted"ning yangilangan himoyasi navbatdagi mavsumga tayyorlandi. "Yunayted" ilk turlardanoq Runi va Ronalduning iqtidori va gollari evaziga etakchi bo'lib oldi.

SHundan keyin bir necha yillar davomida "Yunayted" sovrinlar uchun asosiy davogar klubga aylandi: 5 marta APL tituli, 3 Liga Kubogi, ECHL va klublar o'rtasidagi JCH. Evra jamoaning etakchisiga aylangandi. Ammo Devid Moyes qo'l ostidagi 2013/14 yilgi mavsumda "gvardiya"dagi ko'plab futbolchilar jamoadan ketkazib yuborildi. Patris erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tdi.

Afsonaviy futbolchining klubdan yoqimsiz ketishi. Ammo mankunianliklar muxlislari uning jamoa uchnu xizmatlarini unutmaydi.

1. Nemanya Vidich

Titul uchun davogarlik qilish uchun avvalo markaziy himoyachilarning zo'ri bo'lishi kerak. "Yunayted" uzoq yillar davomida Rio Ferdinandga munosib sherik topa olmayotgandi. Biroq 2005 yilda u inson topildi.

Nemanya  7 million funt evaziga "Spartak" jamoasidan transfer qilindi. SHundan keyin u jamoaning muhim himoyachisiga aylandi.

Agressiv o'yinlari tufayli u Rioning munosib sherigi bo'ldi va tez orada ular "Yunayted" raqib jamoalari orasidagi eng mashhur duetga aylandi. Uzoq yillar mobaynida ular "Manchester Yunayted"ning omadli davri mustahkam himoyasi kafillari bo'lishdi. Ferdinand-Vidich dueti esa "Buyuk Manchester Devori" laqabini oldi.

O'n yillik ajoyib faoliyatdan so'ngi Vidich-Ferdinand-Evra himoyasi Moyes davrida "yo'qotildi".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика