"Manchester Yunayted" Pogba narxini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2019, 10:27
"Real" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" Pogbani tarkibda saqlab qolmoqchi, MYU bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher futbolchini jamoaning asosiy vakili sifatida ko'rmoqda. Ammo klub 150 mln. evrolik taklif olgandagina  Polni sotishga tayyor.

Bunday narx "Real"ni qoniqtirmaydi, ular boshqa variantlarni ko'rib chiqishmoqchi. "Qirollik klubi"ning yozgi transfer oynasidagi byudjeti 400 mln. evro, ammo bu pul bir guruh futbolchilar uchun sarflanishi kerak.

26 yoshli Pogba joriy mavsum APLning 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 13ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca