"Manchester Yunayted" o'z tarbiyalanuvchisini sotish haqidagi fikrini o'zgartirdi
17 okt 2023 11:58
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" o'z tarbiyalanuvchisini sotish haqidagi fikrini o'zgartirdi
Klub futbolchini saqlab qolishga qaror qildi.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Skott Maktomineyni sotish borasidagi fikridan qaytdi, deb xabar berdi "The Sun". Uning "Brentford"ga qarshi o'yindagi dubli bosh murabbiy Erik ten Hagni hayratda qoldirdi.
MYU yozda shotlandiyalikni sotishga tayyor edi. Unga "Bavariya" qiziqayotgani xabar qilingandi.
Ten Hag kelganidan keyin Maktominey kam o'ynadi. 24 yoshli xavbek o'tgan mavsum bir uchrashuvda o'rtacha 47 daqiqa maydonda harakat qilgan bo'lsa, bu yilgi ko'rsatkich shundan 10 daqiqa kam.
Fikrlar