"Manchester Yunayted" olti nafar futbolchisini sotishga tayyor
04 avg 2021 21:04
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" olti nafar futbolchisini sotishga tayyor
Norvegiyalik Ule Gunnar Sulsher boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" klubi yozgi transfer mavsumi yakunlanishidan oldin olti futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Manbaga ko'ra, klubni tark etishga asosiy davogarlar sifatida himoyachilar Fil Jons, Diogu Dalot va Brendon Uilyams, shuningdek, markazdagi futbolchilar Aksel Tuanzebe, Andreas Pereyra va Daniel Jeymslar qayd etilgan.
Klub futbolchilarni sotishdan tushgan mablag' evaziga "Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga va "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripperni sotib olishi mumkin.
O'tgan mavsum Sulsher jamoasi "Manchester Siti"dan so'ng chempionat jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar