So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  8 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  6 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

"Manchester Yunayted" kofe kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi FOTO + Video Yangiliklar

"Manchester Yunayted" kofe kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi FOTO + Video

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bugun kofe ishlab chiqaruvchi "Melitta" kompaniyasi bilan hamkorlik boshlanganini elon qildi.

"Melitta Group" tarkibiga kiruvchi "Melitta" kompaniyasi klubning birinchi rasmiy kofe hamkori nomiga sazovor bo'ldi.

"Yunayted" va "Melitta" o'z faoliyatini Buyuk Britaniya, Irlandiya va Germaniya hududlarida olib boradi. O'zaro hamkorlik doirasida "Old Trafford" va stadionga qarashli hududlarda 200ta kofe quyib beruvchi avtomatlar o'rnatiladi.

"Manchester Yunayted" va "Melitta" o'z faoliyatini Buyuk Britaniya, Irlandiya va Germaniya hududlarida olib boradi. O'zaro hamkorlik doirasida "Old Trafford" va stadionga qarashli hududlarda 200ta kofe quyib beruvchi avtomatlar o'rnatiladi.

Endi har yili "Old Trafford"ga umumiy 6 tonna kofe qo'yiladi va bu ish "Melitta" kompaniyasi zimmasiga tushadi. SHuningdek, yangi hamkor "Red Cafe"ni o'zgartiradi. Unda kofe bar va yangi ovqatlanish joylari yaratiladi. SHu bilan birga kafe yopilmaydi, u stadion mehmonlari uchun ham ochiq bo'ladi. "Red Cafe"ning rasmiy ochilishi mana shu mavsum, faqat sal keyinroq bo'lib o'tadi.


Bundan tashqari, "Melitta" "Manchester Yunayted" muxlislari orasida kofeni xush ko'ruvchilar uchun maxsus taklif tayyorlamoqda. "Melitta"ning tarixi 100 yildan ortiqni tashkil etadi. Kompaniya kofe ishlab chiqaradi, bezab boyitadi va kofeni sotadi, kofe filtrlarini ham ishlab chiqaradi. SHuningdek, qadoqlash va kofe savdosining boshqa yo'nalishlarida foydalanish uchun maxsus qog'oz ham ishlab chiqaradi.

"Manchester Yunayted" va "Melitta" o'zaro hamkorlik munosabati bilan maxsus videorolik tayyorladi. Ushbu rolikda MYU futbolchilari Romelu Lukaku, Deyli Blind, Xuan Mata, Maykl Kerrik, Antoni Marsyal va Markus Reshford suratga tushishgan. Ingliz klubi va kofe kompaniyasi hamkorligiga bag'ishlangan video mahsulot quvnoq kayfiyatda yaratilgan va uni tomosha qilgan insonda "Melitta" kofesini ichib ko'rish istagi paydo bo'ladi.

Video

TAS-IX



TAS-IX emas


Yangi hamkorni "Old Trafford"da klub afsonasi Ser Aleks Fergyuson tanishtirdi.


Aftidan, kofe Fergi amakiga yoqqan ko'rinadi.


"Manchester Yunayted" futbolchilari ishtirokidagi antiqa va quvnoq rolik ishlangan.


Yangi hamkor va quvnoq kayfiyat.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика