So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  2 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  10 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  3 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

"Manchester Yunayted" katta tanaffusdan so'ng yana APL taxtiga qaytadimi? Yangiliklar

"Manchester Yunayted" katta tanaffusdan so'ng yana APL taxtiga qaytadimi?

CHempionat doirasida mag'lubiyatsiz seriya qayd etayotgan MYU peshqadamga aylanib oldi.

Fernandesh ajoyib sport formasida

U standart vaziyatlarda sheriklari uchun qulay imkoniyat yaratib bera olmoqda. Brunu yil davomida 20tadan ko'p ham gol, ham golli assist amalga oshirgan ikki futbolchining biri hisoblanadi. Bundaylarning ikkinchisi Messi, etiborlisi "gol+pas" tizimida portugaliyalik argentinalik hamkasbidan bor yo'g'i ikki punktga ortda qoldi.

"Sporting" va Portugaliya termasida yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da, yaqqol ajralib turmagan, 2019 yil MYUning hamma ham muxlisi yuzidan tanib ololmagan yigit uchun yomon natija emas-a? Hozirgi "Manchester Yunayted"ning o'yinini ko'rgan har bir muxlis xavbek qanchalik muhim figuraga aylanganini sezgani turgan gap. U Pirlo kabi standart rolidan gibrid vazifaga o'tgani sayin — Sulsher jamoasi raqiblari uchun o'ta xavfli bo'lib qolmoqda.


Raqobatchilarga barqarorlik etishmayapti

Juda g'alati mavsum davom etmoqda. Britaniyalik analitiklar deyarli to'xtovsiz ravishda chempionlik uchun etarli bo'ladigan ochkolar minimumini hisoblashmoqda. Amaldagi g'olib Endi Robertson taxminan 80 ochko etarli bo'lishini aytdi, MYU esa 2018 yilda Mourino bilan shuncha ochko to'play olgandi. "Lester"ga chempionlik mavsumida 81 ochko etarli bo'lgan va barcha favoritlarning qoqilayotgani yana shunga o'xshash kartinani taqdim etsa ajab emas. Sulsher hozirgacha ishlagan ochkolarni o'rtachasini hisoblasak, keyin qolgan turlarga ko'paytirsak — natija 78.4 bo'lar ekan. MYU hozircha so'nggi o'n yillikning eng yomon chempionlik grafigidan ham qolib ketmoqda, lekin shu natija ham birinchi o'rinni "Liverpul" bilan bo'lishish uchun etarli bo'lyapti. CHempionat startida "Manchester Siti" juda ko'p ochko yo'qotgani, "CHelsi" esa Yurgen Klopp taxmin qilganidek chempionlik tezligini ola bilmagani va oxirgi turlardagi omadsizlik sabab qolib ketganini inobatga olib aytish mumkinki, aynan Sulsher hozirda Rodjers va Mourino bilan ikkinchi to'lqin jamoalari ichida ajralib turishibdi. MYUning esa bazi ustun jihatlari bor.


Motivaciya borasida muammo yo'q

Kevin De Bryuyne yoki Salax chempionlik yangi, takrorlanmas hissiyotlarni taqdim etishiga o'zini ishontirishi qiyinroq. Bunday bo'lmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ularning har ikkisi APLda chempionlik orzusi bilan emas, klass evaziga to'p tepmoqda. Va ularning har ikkisi "Real" yoki "Yuventus"ga ketib qolishi mumkinligini yashirib o'tirmadi. Bu yoki yanada ko'proq maosh ishlab olish uchun "shantaj", yoki chindan yomg'irli Angliya jonga tega boshlagan. Sulsher jamoasi uchun esa chempionlik uchun chinakamiga kurashish – yangi sahifadek. David De Xea Aleks Fergyusonning oxirgi "oltin mavsumida" Angliya chempionligini qo'lga kiritgan.

Matich ikki bor "CHelsi" bilan bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Kavanida Franciya bilan aloqador boy tajriba mavjud. Ammo bu APL emas. Biroq qolganlarchi? SHunday ekan, ishtiyoq Reshfordni ham, Maguayrni ham olg'a intilishga undamoqda. Agar chinakam imkoniyat mavjudligiga ishonsa, Pol Pogba kabi stabillik etishmayotgan yulduzlar ham "o'zini yig'ishtirib" olishi mumkin. Axir aynan Pogbaning goli hozirda manchesterliklar etakchiligini taminlamoqda. Yaqin o'tmishda jamoa Evropa Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritganku dersiz, lekin o'sha turnir finalidagi tarkibidan  asosiyda faqatgina Reshford qoldi. Hattoki Pogba ham ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yubordi. Ularga sovrin kerak va jamoa kubok uchun kurashishga qodir.


Yanada o'sish, kuchayish uchun salohiyat etarli 

"Lester" xursandchilik uchun ko'klarga ko'tarilgandi. Lekin keyinroq malum bo'ldiki, Raneri jamoasi chindan ucha olarkan – bahordagi tempga dosh berishdi, qo'shimchasiga "Tottenxem" va "Arsenal" o'sha mavsumda omadsiz boyvochchalar roliga juda mos tushgan. MYU ham bir nekcha yildan buyon shunga o'xshash holatda, sababi ikkinchi o'rin egallanganda ham "Manchester Siti"dan 19 ochkoga ortda qolingan. Oxirgi marta "qizil iblislar" titul uchun chinakamiga 2013 yil kurashishgan, o'shanda jamoani ser Aleks  Fergyuson boshqarardi. O'shanda tarkib tajribali futbolchilar va foydali artilleriyadan tashkil etilgandi. Hozir esa tarkibda Brunu, Reshford, Van-Bissaka, Maguayr, Telles, Marsyal, MakTomminey, SHou va Lindelef. Yosh jihatidan ular "faoliyatining "pikiga" chiqishi kerak bo'lgan"lar jumlasidan hisoblanadi. Axir Pogba va Fredga (har ikkisi 27 yoshda) xuddi veterandek qaralsa, aslida Kavani va Mata bu tarifga mosroqdek. Ammo MYU hozircha yaratilgan vaziyatlar sifati bo'yicha APLning 6-jamoasi, raqiblari xG si bo'yicha bor yo'g'i 9-o'rinda, zarbalar bo'yicha atigi 5-o'rin, lekin gollar bo'yicha ikkinchi. O'sish uchun yo'nalish ham, imkon ham etarli. Sulsher jamoasi zarbalar soni bo'yicha ikkinchi va faqatgina "Liverpul"dan ortda qolmoqda va keskin uzatmalar bo'yicha "Manchester Siti"ga deyarli etib olishdi. SHuningdek, hozircha jamoa biror nuqtani kuchaytirishi zarur bo'lsa, muammoni yanvar oyidayoq hal qilish uchun pul bor.


Sulsher boshqalar rejasini buza oladi

Hozirgi "Manchester Yunayted"ning o'z o'yin uslubi bor deb ishonch bilan aytib bo'lmaydi. Aks holda "qizil iblislar" muxlislari "Liverpul" bilan ochkolar bo'yicha tenglashib olinganiga xursand emas, oxirgi yillarda bir necha bor etakchilikni qo'lga olgan bo'lardi. Ammo Sulsher jamoasi raqibga moslashishni yaxshi biladi. Faqatgina raqib hujumlari tezligi borasida muammo yuzaga kelmasa bo'lgani.

"Leypcig" tempni oshira oldi va MYUni Evropa Ligasi ravona qildi. Lekin "mankunianliklar" tezlik ola olmayotgan tanish raqibga "yopishib olsa" – ochkoni ham begona qilmaydi. Anchayin dadil o'yin ko'rsatadigan "Lids", "Vulverxempton" va "Aston Villa"ni engishdi. "Lester" va "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lishmadi. Klopp "bandasi" bilan to'qnashuv qanday yakunlanarkan, ko'ramiz. O'yinga ham oz qoldi (17 yanvar). Bu uchrashuv orqali o'ziga xos yangi sahifa ochiladi — vaziyat taqozosi bilan jamoa 2020 yil boshidan buyon APL grandlari bilan to'qnash kelmayotgandi. "Qizillar"ga qarshi uchrashuvga tayyorlanish uchun Sulsherning etarlicha vaqti bor edi, bu nafaqat Ole uchun, balki "Manchester Yunayted" uchun ham navbatdagi imtihon desak, mubolag'a bo'lmaydi.


"Yunayted" ortiq grand emas

Van de Bekni zaxirada olib o'tiradigan jaomalar ko'p emas, lekin "Manchester Yunayted" hozir oldin bo'lgani kabi grand jamoa emas. To'g'ri jamoa "avtobus" usulidan foydalanmayapti — buning uchun himoya chizig'i u qadar mustahkam emas, lekin jamoa ikkinchi raqam bilan o'yin uslubidan uzoqlashmayapti. Gap bu erda darvoza tomon zarbalar yoki to'pga egalik qilish foizlarida emas, jamoa o'zini maydonda qanday his qilishi, atrofdagilar o'yiniga qanday baho berishida. "Tottenxem" Pochettinoni unutishiga ancha vaqt kerak bo'ldi va sekin-asta jamoa Mourino uslubini ko'rsata boshladi. Joze "shporlar"ga o'rgatayotgan ishlarni MYU uzoq yillardan buyon biladi. Sulsher katta o'zgarishlar qilgani yo'q, u shunchaki har jabhada ayyorroq ishlamoqda. Ole-Gunnarning omadsizliklarga munosabat bildirishi va qiyin vaziyatlardan omon chiqa olishiga havas qilsa arziydi. CHempion jamoa hisobida 100 ochko bo'lmaydigan mavsum, aynan MYU kabi jamoada, poygada zafar quchish imkoni yuqori bo'ladi.


"Iblislar" o'zlaridanda yaxshiroq ko'rinishyapti

Sabablari sizga ham malum. "Liverpul" va "Manchester Siti" bir yil avvalgidan ko'ra yomonroq sport formasida. MYU esa aksincha yaxshi tomonga o'zgarmoqda, etiborlisi jamoaning holatiga qarab, bazi futbolchilar bundanda yaxshiroq o'ynay olishini taxmin qilish mumkin. Markazda Fernandeshdan orqaroqda o'yin borishiga qarab variantlar etarli, ikki o'rin uchun 5 nafar nomzod. Hujumda birgina Kavani ko'p narsani o'zgartirishi mumkin. Hozircha u ahmoqona diskvalifikaciya sabab jamoaga yordam berolmayapti. SHu o'rinda MYUni maqtash uchun sabablar ham yo'q emas. Misol uchun, APLda 22% gollarini o'yinning oxirgi 15 daqiqasida urishdi. Bu borada manchesterliklar "Liverpul"ni ham ortda qoldirishmoqda. Oxirgi daqiqalarda gol urish ko'rsatkichi ikki barobar kuchaydi, Sulsher jamoasida oxirgi hamlani amalga oshirib, uch ochkoni olib ketish ishtiyoqi paydo bo'ldi. 16 turlik oraliqda 9 ochkoga ko'proq jamg'arishdi, 8ta gol ko'proq urishdi va nisbatan ko'proq gol o'tkazilayotgan bo'lsa-da, De Xea yoki markaziy himoyachilar tomon "shirin so'zlar" yangrashi sezilarli tarzda kamaydi. Qatorasiga 10 uchrashuvda mag'lub bo'lmaslik, ularning 8 tasida g'alaba qozonish — yaxshi natija.

"Manchester Yunayted" titul uchun asosiy davogar emasdir, amalda bu ro'yxatda uchlikdan ham joy egallamasa kerak. Ustiga-ustak agar bahorda "CHelsi" uyg'onsa, "Lester" va "Tottenxem" kurashda qoladigan bo'lsa. Ammo 2013 yildan buyon ilk marta MYU agar o'zi yaxshi o'ynab tursa, oxirgacha kurashib ko'rish imkoni bo'ladi. Hozir MYU Brunu Fernandeshga o'ta bog'lanib qolgan va ushbu seriya — futbolchi darajasiga ham bevosita bog'liqligini taxmin qilish mumkin. Hozirda o'tayotgan o'ziga xos mavsum Sulsher jamoasi qulay fursat bo'lishi mumkin va buni nafaqat Karrager balki boshqalar ham sezib turibdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика