"Manchester Yunayted" dushanba kuni Rangnik bosh murabbiy etib tayinlanganini elon qiladi
29 noy 2021 01:18
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" dushanba kuni Rangnik bosh murabbiy etib tayinlanganini elon qiladi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi sport va rivojlanish bo'limi rahbari Ralf Rangnik "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.
29 noyabr, dushanba kuni bu haqda rasman elon qilinadi, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Avvalroq OAV Rangnikning mavsum oxirigacha "Manchester Yunayted"ni boshqarishi, shundan so'ng u ikki yil davomida klub maslahatchisiga aylanishi haqida xabarlar tarqalgandi.
63 yoshli germaniyalik mutaxassis "qizil iblislar" rahbariyati tomonidan 21 noyabr kuni istefoga chiqarilgan Ole-Gunnar Sulsher o'rnini egallaydi.
Fikrlar