"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Xolandni kuzatmoqda
13 fev 2021 10:37
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Xolandni kuzatmoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland haqida gapirdi.
"Men uni kuzatmoqdaman. Biz 18 oy davomida birga bo'lganmiz. U "Borussiya"da ajoyib natijalar ko'rsatmoqda. Ko'ramiz, bu nima bilan yakunlanar ekan. U barchasini uddalayotgani zo'r.
Biz eng kuchli jamoa, u esa eng kuchli o'yinchi bo'lishni xohlaydi. U yakunda qaerda o'ynashni aytishni xohlamayman. Uning o'zi qaror qabul qilishi kerak", - deydi Sulsher.
Xoland joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar