"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Sulsher g'alabali o'yindan so'ng fikr bildirdi
10 fev 2021 07:14
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Sulsher g'alabali o'yindan so'ng fikr bildirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya kubogi 1/8 finalida "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinni biz nazorat qildik. Menga shunday ko'rindi. Birinchi bo'limda tashabbus to'liq bizda bo'ldi.
Tanaffusdan so'ng o'yin yanada jonli bo'ldi. Hisob 1:0 vaqtida vaziyatlarni boy berdik. Barcha narsa bo'lishi mumkinligini "Everton"ga qarshi o'yindan so'ng (3:3) bilib olgandik.
O'yin taqdirini ertaroq hal qilib qo'yish kerak. Ammo shunday bo'lsada, biz keyingi bosqichga chiqdik, shuni istagandik.
Maktominining goli? Skott avval hujum chizig'ida o'ynagan. U vaziyatni tugatishda yaxshi. Ko'rib turganingizdek, u hujum chizig'ida o'ynashga qarshi emas. U bugun to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar