"Manchester Yunayted" van Gal bilan kelishuvga erishdi
26 apr 2014 11:08
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" van Gal bilan kelishuvga erishdi
Lui van Gal "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi, deb xabar bermoqda De Telegraaf nashri.
Manbaning xabariga ko'ra tomonlar kecha tunda kelishuvga erishishdi. Van Gal so'nggi vaqtlarda MYU vice-prezidenti Ed Vudvord va Gleyzerlar oilasi vakili bilan muzokara o'tkazgandi.
Van Gal "Manchester Yunayted"da Braziliyadagi mundial tugashi bilan ishlay boshlaydi. Ayni paytda ingliz klubida Rayan Giggz bosh murabbiy vazifasini bajarib turibdi.
Gollandiyalik murabbiy AZ, "Ayaks", "Barselona", "Bavariya" va Gollandiya milliy terma jamoasida ishlagan.

Fikrlar