"Manchester Yunayted" futbolchilari mavsum davomida 39 marotaba jarohat olgan
05 iyu 2015 14:47
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" futbolchilari mavsum davomida 39 marotaba jarohat olgan
"Manchester Yunayted" va "Arsenal" Premer-liganing 2014/15 mavsumida jarohatlardan eng ko'p jabr chekkan klublardir.
"Qizil iblislar" mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunladi va agar jarohatlar bo'lmaganda MYU yaxshiroq natija qayd etgan bo'lar edi.
Mankunianlar futbolchilari 39 marotaba safdan chiqqan. Keyingi o'rinlarni "Everton", "Nyukasl" (37tadan), "Arsenal" (35), KPR va "Vest Xem" (31) egallagan. Eng kam jarohat olgan futbolchilar klubi "Manchester Siti" (24) va "CHelsi" (19).
Umumiy hisobda "Manchester Yunayted"ning jarohatlangan futbolchilari 1348 kunni davolanishga sarflagan. Qolgan jamoalarda natijalar quyidagicha: "Nyukasl" - 1871 kun, "Arsenal" - 1466 kun, "Everton" 1423 kun, "Manchester Siti" - 630 kun, "CHelsi" - 428.

Fikrlar