"Manchester Siti"ga o'tishi kerak bo'lgan futbolchi kelishilgan o'yinlarda gumonlanmoqda
19 avg 2023 00:55
Yangiliklar
"Manchester Siti"ga o'tishi kerak bo'lgan futbolchi kelishilgan o'yinlarda gumonlanmoqda
"Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketaning "Manchester Siti"ga o'tish ishlari yakunlanmasligi mumkin.
Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchi o'yinlarga stavka qo'yganlikda gumonlanmoqda. Bu borada Angliya FA tegishli tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Katta ehtimol bilan futbolchiga qattiq sankciyalar qo'llanilishi mumkin.
Oldinroq braziliyalik futbolchi "Manchester Siti" bilan 6 yillik shartnoma borasida kelishib olgani borasida malumotlar tarqagandi. U jarohat olib safdan chiqqan Kevin de Bryuynening o'rnini bosishi kerak edi. "SHaharliklar" futbolchining transferi uchun 85+10 mln funt to'lashi kutilgandi.
O'tgan mavsumda "Brentford" futbolchisi Ayven Touni ham stavkalar bilan bog'liq ishlarga aralashgani uchun 8 oyga futboldan chetlatilib, 50 ming funt jarimaga tortilgandi.
Fikrlar