"Manchester Siti"ga o'tishi kerak bo'lgan futbolchi kelishilgan o'yinlarda gumonlanmoqda

Mirjalol Normatov
19 avg 2023, 00:55
"Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketaning "Manchester Siti"ga o'tish ishlari yakunlanmasligi mumkin.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchi o'yinlarga stavka qo'yganlikda gumonlanmoqda. Bu borada Angliya FA tegishli tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Katta ehtimol bilan futbolchiga qattiq sankciyalar qo'llanilishi mumkin.

Oldinroq braziliyalik futbolchi "Manchester Siti" bilan 6 yillik shartnoma borasida kelishib olgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. U jarohat olib safdan chiqqan Kevin de Bryuynening o'rnini bosishi kerak edi. "Shaharliklar" futbolchining transferi uchun 85+10 mln funt to'lashi kutilgandi.

O'tgan mavsumda "Brentford" futbolchisi Ayven Touni ham stavkalar bilan bog'liq ishlarga aralashgani uchun 8 oyga futboldan chetlatilib, 50 ming funt jarimaga tortilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano