"Manchester Siti"ga Lukaku va Xoland kerak
17 jan 2021 12:13
Yangiliklar


"Manchester Siti"ga Lukaku va Xoland kerak
"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasi vaqtida 200 mln evro ishlatishni rejalashtirmoqda.
"The Telegraph" xabariga ko'ra, manchesterliklar ayni damda Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xoland hamda "Inter" hujumchisi Romelu Lukakuni nishonga olgan.
Lukaku ushbu mavsum A Seriyaning 16 o'yinida 12 gol urdi va 3 assist qayd etdi. Xoland esa Bundeslidagi 10 o'yinida 12 gol va 2 assistni amalga oshirdi.
"Siti" ayni damda 16 o'yinda 32 ochko jamg'argan holda APLning 4-pog'onasini band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar