"Manchester Siti" yanvar oyida yangi futbolchi xarid qilmasligi mumkin
03 dek 2019 14:54
Yangiliklar


"Manchester Siti" yanvar oyida yangi futbolchi xarid qilmasligi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning takidlashicha, klub qishki transfer oynasida yangi o'yinchilarni jalb qilish masalasini ko'rib chiqmaydi.
"Yanvar oyida futbolchilarni olishni istamayman. Agar biz yozda istaganlarimizni xarid qila olmagan bo'lsak, unda qishda buni amalga oshira olmaymiz. Odatda, yanvar oyida darajasi yuqori o'yinchilar sotilmaydi.
Ha, David Silva ketishini tasdiqladi. Fernandino bo'yicha savol hali ham ochiq, ammo bu yoshi katta va hayotning ushbu bosqichiga etgan o'yinchilar uchun odatiy hol.
O'ylaymanki, mavsum oxirida biz amaldagi tarkibni ko'rib chiqamiz va keyingi mavsum uchun qarorlarni qabul qilamiz", - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" Angliya Premer-ligasida 14 turidan so'ng, uchinchi o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar