"Manchester Siti" Xarri Keyn va Jek Grilishni sotib olish uchun 200 million funt ajratdi
16 iyu 2021 20:57
Yangiliklar
"Manchester Siti" Xarri Keyn va Jek Grilishni sotib olish uchun 200 million funt ajratdi
"SHaharliklar" hujum poziciyasini kuchaytirmoqchi.
Angliyaning "Manchester Siti" klubi hujum salohiyatini kuchaytirish maqsadida ikki angliyalik futbolchini sotib olmoqchi.
Bular "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn va "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish hisoblanadi.
Futbolchilarning transferi uchun "shaharliklar" rahbariyati 200 million funt sterling ajratgan. "Siti" Grilishni 100 million funt sterling tovon puli to'lab qo'lga kiritishi mumkin, biroq Keynni qo'lga kiritish murakkab bo'lib turibdi. "Tottenxem" allaqachon "Manchester Siti"ning dastlabki taklifini rad etgan.
Eslatib o'tamiz, bu ikki futbolchi Angliya terma jamoasi safida Evro-2020 finaliga qadar etib bordi.
Fikrlar