Manchester Siti Romadan Jeko uchun 20ta limon so'ramoqda

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2015, 10:40
Roma Manchester Siti bilan Edin Jeko borasida muzokarani davom ettirmoqda.
Angliya klubi 29 yoshli bosniyalik futbolchini 20 million evrodan kamiga sotmoqchi emas, sababi hujumchining shartnomasi yana 3 yil amal qiladi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.

Oldinroq Roma Jekoga 5 yillik shartnoma taklif qildi va yiliga 4,5 million evro maosh bermoqchi. Angliyada futbolchi yiliga 5,5 million maosh olmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru