"Manchester Siti" "River Pleyt" xavbeki bilan shartnoma imzolashga urinmoqda
24 dek 2023 22:15
Yangiliklar
"Manchester Siti" "River Pleyt" xavbeki bilan shartnoma imzolashga urinmoqda
"Manchester Siti" "River Pleyt" yarim himoyachisi Klaudio Echeverri bilan shartnoma imzolashga urinishda davom etmoqda.
Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "shaharliklar" klub bilan ham, o'yinchi bilan ham muzokaralar o'tkazishmoqda, u bilan shartnoma imzolashga Londonning "CHelsi" klubi ham qiziqish bildirmoqda. 17 yoshli Klaudio Echeverrining o'zi shartnomasi kelasi yil so'nggiga qadar mo'ljallangan "River Pleyt" bilan bitimni uzaytirmoqchi emasligini xabar qilgandi.
Yarim himoyachining tovon puli 25-30 million evroni tashkil etadi.
Klaudio Echeverriga "Barselona" tomonidan ham qiziqish mavjud, ammo ispan klubi moliyaviy feyr-pley cheklovlari sabab argentinalik bilan shartnoma imzolashi qiyin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar