“Manchester Siti” MLS’ning eng kuchli darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
07 dek 2018 08:58
Yangiliklar
“Manchester Siti” MLS’ning eng kuchli darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
MLS’dagi “Kolambus Kryu” klubining darvozaboni Zak Steffen “Manchester Siti” azosiga aylandi. “Siti” Steffen uchun 6,6 mln evro to'lagan. 23 yoshli posbon yanvarda “shaharliklar” safiga kelib qo'shilishi kutilmoqda va shu zahoti mavsum oxiriga qadar Italiyaning “Jenoa” klubiga ijaraga yuboriladi. Zak ortda qolgan mavsumda MLS’ning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etildi. U “Kolambus”ga o'tgunga qadar, Germaniyaning “Frayburg” jamoasi ikkinchi tarkibida to'p surgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar