"Manchester Siti" "Milan" yarim himoyachisi Bennaserni sotib olishi mumkin
21 may 2020 00:39
Yangiliklar


"Manchester Siti" "Milan" yarim himoyachisi Bennaserni sotib olishi mumkin
"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser "Manchester Siti" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"SHaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Bennaserni mavsum oxirida jamoani tark etadigan xavbek David Silvaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Foot Mercato xabariga ko'ra, Gvardiola 22 yoshli o'yinchini anchadan buyon kuzatib keladi va allaqachon o'z murabbiylar shtabi bilan ehtimoliy transferni muhokama qilgan.
"Milan" xavbekni "Empoli" jamoasidan 2019 yilning avgustida 16 million evroga sotib olgan. Jazoirlik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2024 yilgacha amal qiladi.
Avvalroq, PSJ ham Bennaserga qiziqtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar