Manchester Siti Londonda mashg'ulot markazi qurmoqchi. Sababi juda oddiy
25 noy 2018 16:33
Yangiliklar
Manchester Siti Londonda mashg'ulot markazi qurmoqchi. Sababi juda oddiy
Manchester Siti klubi London shahrida o'zi uchun zamonaviy mashg'ulot markazi qurmoqchi.
Londonda Premer-Liganing ko'plab klublari bor. «SHaharliklar» mana shu jamoalarga qarshi o'yinlarga tayyorgarlikni yangi mashg'ulot markazida o'tkazshmoqchi. Bu erda yashash mehmonxonadan ko'ra qulayroq bo'lishi taxmin qilinmoqda.
Ushbu markazda kamida bitta maydon bo'ladi. Bu erda Xosep Gvardiola butunlay yopiq tarzda mashg'ulot o'tkaza oladi.
Fikrlar