"Manchester Siti" Keyn uchun katta summadan voz kechishga tayyor
23 may 2021 14:51
Yangiliklar
"Manchester Siti" Keyn uchun katta summadan voz kechishga tayyor
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn yozda "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin.
"Goal" xabariga ko'ra, "shaharliklar" forvard uchun 120 mln evro to'lashga tayyor turibdi. Agarda ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, ikki klub uchun ham bu eng yirik transfer bo'lishi mumkin. Keynning xizmatlariga ancha vaqtdan buyon "CHelsi", "Manchester Yunayted" va "Barselona" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi.
Ushbu mavsumda 27 yoshli Keyn "Tottenxem" tarkibida 48 o'yinda 32 gol va 16 assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2024 yilga qadar davom etadi.
Fikrlar