"Manchester Siti" Kevinga yangi shartnoma taklif qildi
10 mar 2021 23:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/624730_original.jpg)
![](/upload/storage/624730_220.jpg)
"Manchester Siti" Kevinga yangi shartnoma taklif qildi
"Manchester Siti" o'z etakchisi Kevin De Bryuyneni uzoq vaqtga jamoada olib qolmoqchi. "SHaharliklar" rahbariyati yarim himoyachiga yangi shartnoma imzolashni taklif qilmoqda.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yil iyun oxirigacha amal qiladi.
Manbaning xabariga ko'ra, 29 yoshli belgiyalik yanvar oyida takliflardan birini rad etgan, "Manchester Siti" bu gal shartnomaning moliyaviy qismini yaxshilagan.
Klub futbolchining talablarini qondirishga va uning maoshini sezilarli darajada oshirishga rozi. Hozirda u haftasiga 310 ming funt oladi.
Yarim himoyachi ushbu mavsumda "Siti" tarkibida 28 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar