"Manchester Siti" inglizcha trebl qayd etgan Premer-ligadagi ilk jamoa
18 may 2019 23:10
Yangiliklar


"Manchester Siti" inglizcha trebl qayd etgan Premer-ligadagi ilk jamoa
Angliya Kubogining finalida Manchester Siti yirik hisobda (6:0) Uotford ustidan zafar quchib, titul sohibiga aylandi.
Bunga qadar «shaharliklar» mavsum davomida Liga Kubogi hamda APL chempionligiga ham ega chiqqandi. SHu tariqa, Gvardiola shogirdlari mavsum davomida Angliyada uchta sovrinni qo'lga kiritib inglizcha trebl qilgan ilk klub sifatida qayd etildi.
Aytish joizki, 1999-yilda ser Alek Fergyuson MYU ustozligida Premer-liga, Angliya Kubogi hamda ECHL g'olib bo'lib, Jerara Ule esa «Liverpul» bilan Angliya Kubogi, Liga Kubogi hamda UEFA Kubogini (hozigi Evropa ligasi) qo'lga kiritib mavsumni umumiy trebl bilan yakunlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar