"Manchester Siti" ikki futbolchi uchun 100 mln. funt sarflamoqchi

Aslanov Jasurbek
24 may 2017, 13:47
"Manchester Siti" qishki transfer oynasida himoya va hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Shaharliklar" "Tottenxem" himoyachisi Kayl Uolker va "Arsenal" forvardi Aleksis Sanchesni xarid qilmoqchi.

"Siti" ikki futbolchi uchun 100 mln. funt (116 mln. evro) sarflamoqchi. Oldinroq Aleksis Sanches "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani e'lon qilingandi. Kelishuv 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Chili OAVning ma'lum qilishicha, Aleksis Tumanli Albionni tark etib, "Bavariya" futbolchisiga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC