

"Shaharliklar" "Tottenxem" himoyachisi Kayl Uolker va "Arsenal" forvardi Aleksis Sanchesni xarid qilmoqchi.
"Siti" ikki futbolchi uchun 100 mln. funt (116 mln. evro) sarflamoqchi. Oldinroq Aleksis Sanches "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani e'lon qilingandi. Kelishuv 2018 yilning yozida yakuniga etadi.
Chili OAVning ma'lum qilishicha, Aleksis Tumanli Albionni tark etib, "Bavariya" futbolchisiga aylanishi mumkin.



