So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

"Manchester Siti" - "CHelsi". Evropa CHempionlar ligasi final o'yiniga prevyu Yangiliklar

"Manchester Siti" - "CHelsi". Evropa CHempionlar ligasi final o'yiniga prevyu

29 maydan 30 mayga o'tar kechasi Evropa CHempionlar ligasining final uchrashuvi Manchester Siti va CHelsi jamoalari o'rtasida futbol bahsi bo'lib o'tadi.

O'yin oldidan jamoalar tayyorgarligi, ularning finalga qanday etib kelganligi va o'yinchilar holati haqida prevyuni taqdim etamiz.

Finalgacha yo'l

«Manchester Siti» qiyinchiliksiz guruhda birinchi o'rinni egalladi, beshta uchrashuvda g'alaba qozondi, bir uchrashuv durang bilan nihoyasiga etdi. 

Gvardiola jamoasining pley-offdagi navbatdagi ikki raqibi Germaniya klublari edi. Myunxengladbaxning «Borussiya»siga qarshi muammoga duch kelinmadi — bir xil hisobdagi ikki g'alaba (2:0). Ammo «Borussiya Dortmund»ga qarshi o'yinlarda «shaharliklar» ancha ter to'kishdi. 2:1 hisobida ikkita takror g'alabadan so'ng, yarim finalga yo'l ochildi. U erda «Man Siti»ni o'tgan yilgi finalchi PSJ kutayotgan edi, ammo bu to'siqni ham Pep shogirdlari bartaraf etishdi (2:1, 2:0).

Turnirdagi to'purar futbolchilari: Riyad Maxrez, Ferran Torres (4)

«CHelsi» ham guruhdan chiqish uchun deyarli qiyinchiliklarga duch kelmadi. Londonliklar to'rt marta g'alaba qozonishdi va ikki bor durang o'ynashdi. Pley-offda birin-ketin «Atletiko», «Portu» va «Real Madrid» klublarini «er tishlatishdi».

Turnirdagi to'purar futbolchisi: Olive Jiru (6)

Imkoniyatlar

«Manchester Siti»

«CHelsi» bilan uchrashishdan oldin Pep Gvardiola asosiy etiborini CHempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi bo'limlarida duch kelgan qiyinchiliklarga qaratsa, ajabmas. Dortmundning «Borussiya» klubi bilan javob uchrashuvida va PSJ bilan dastlabki o'yinda «shaharliklar» uchun ilk bo'lim juda mashaqqatli kechgan.

Nemis klubiga qarshi ilk taymni 0:1 hisobida boy berishdi. Jamoa shu qadar cheklanib qolgan edi-ki, ular dastlabki 45 daqiqada atigi bitta  aniq zarba berishga muvaffaq bo'lishdi. O'yinning ikkinchi yarmida xotirjam o'yin ko'rsatgan «shaharliklar» darvoza tomon to'rtta aniq zarba ijro etdi, ulardan ikkitasi darvoza to'ridan joy oldi.

SHuningdek, «shaharliklar» Parijda ham ilk bo'limda mag'lub bo'lishdi. O'yin ochiq tarzda o'tdi — birinchi bo'limda mezbonlar to'rtta, mehmonlar esa ikkita zarba berishdi. Ammo Gvardiola jamoasi faqat ikkinchi bo'limda raqibning qo'l-oyoqlarini bog'lash bilan birga, o'z imkoniyatlaridan foydalanishga muvaffaq bo'ldi. Tanaffusdan keyin PSJ darvoza tomon bironta zarba berolmadi, «Manchester Siti» esa to'rt marta buni uddaladi.


«CHelsi» bilan aksincha bo'ladimi?

«CHelsi»ga qarshi so'nggi ikki o'yinda «Manchester Siti» statistik jihatdan ancha bo'shashgan. Kubok yarim finalida «shaharliklar» mehmonlar raqib darvozasiga zarba berish bo'yicha yaxshiroq natijaga erishdi hamda chempionat uchrashuvida birinchi bo'limda g'alaba qozonishdi. SHu bilan birga, Serxio Aguero uchrashuv g'olibi masalasini hal qilishi mumkin edi, ammo u penaltini aniq amalga oshira olmadi. So'nggi ikki o'yin boy berildi.

CHempionlik o'yinida «Manchester Siti» ikkinchi bo'limda tashabbusni «CHelsi»ga butunlay topshirgani ham qiziq. Londonliklar 61 foizga to'pni egalik qilishdi va har bir zarbaga to'rtta zarba bilan javob qaytarishdi. Ammo Tomas Tuxel CHempionlar ligasi finalidan oldin takidlaganidek, keyingi to'qnashuv noldan boshlanadi.

Ederson penaltidan zarba berishni juda xohlamoqda

Biz darvozabonlar darvozabonlari borligini unutmasligimiz kerak — Eduard Mendi va Ederson APLning ushbu mavsumidagi eng yaxshilari. Braziliyalik kiper chempionatda 19 ta quruq uchrashuv o'tkazdi. Senegallik posbon esa 16 o'yinda darvozasiga hech kimni yaqin yo'latmasdan, bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi bo'ldi. Ammo CHempionlar ligasida hozirda sakkiz bor darvoza daxlsizligini saqlagan Mendi oldinda. Edersonda bu natija bittaga  kam.

Finaldan oldin braziliyalik kiper qarama-qarshilik darajasini yanada yuqori darajaga ko'tarishga qaror qildi. Ederson penalti tepishni xohlayotganini aytdi. Evropa Ligasining hal qiluvchi o'yinida sodir bo'lgan voqealar fonida, ehtimol, biz yana darvozabonlar duelini ko'rarmiz.

«CHelsi»da nima gaplar?

Mendi va Kante

Mavsum davomida «CHelsi»da yo'qotishlar ko'p bo'ldi, hatto eng yaxshi futbolchilari ham jarohatlarga yo'liqdi. CHempionlar ligasi finalida yarim himoyachi Ngolo Kante va darvozabon Eduard Mendining ishtirok etishi so'roq bo'lib turibdi.

Yarim himoyachi «Lester»ga qarshi zafarli uchrashuvni tugata olmadi (2:1) va «Aston Villa» bilan so'nggi o'yinni o'tkazib yubordi (1:2). Mendi ham jarohatdan aziyatt chekmoqda. CHempionlar Ligasi finalidan bir hafta oldin Tomas Tuxel Kepaning darvozada ko'rinishini istisno qilmasligini aytdi.

Ammo o'yindan uch kun oldin Kante va Mendi umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlagani malum bo'ldi. Keyinchalik ikkalasi ham finalda asosiy tarkibda tushishga davogar ekanligi malum bo'ldi. SHunday qilib Tuxel «Manchester Siti» bilan o'yinga to'liq tayyor.

«CHelsi» eski libosiga qaytadi

Klublar yangi liboslar bilan mavsum boshlanishidan oldin emas, balki amaldagi mavsumda ham foydalanayotgani birinchi marta emas. Angliya kubogi finalida «Lester»ga qarshi o'yinda yangi uy libosini kiyib olgan «CHelsi» ham shunday qildi. SHuningdek, «Barselona»ga qarshi CHempionlar ligasi finalida o'ynagan londonliklarning ayollar jamoasi bilan ham shunday hol yuz berdi. Natija esa — ikkita mag'lubiyat.


SHundan so'ng klub eski ko'rinishga qaytgan maqul deya hisobladi. Qizig'i shundaki, bu kabi hodisalar «CHelsi» bilan ilgari ham sodir bo'lgan. 2008 yilda londonliklar «Manchester Yunayted»ga qarshi Moskvada bo'lib o'tgan CHempionlar Ligasi finali uchun yangi libosda maydonda saf tortishdi. Ushbu o'yinda ham yutqazdilar.

Taktika va tarkiblar

Gvardioladan istalgan daqiqada kutilmagan taktikalarni kutishingiz mumkin. «Bavariya» murabbiylik postida bu isbotlangan. Ammo shunga qaramay, 4-3-3 standartiga asoslansa kerak. Stouns va Diash mudofaa markazida, Uoker esa o'ngda harakat qiladi. CHap qanot himoyasi savol ostida — Kanselumi yoki Zinchenko? PSJ bilan to'qnashuvda ukrainalik futbolchi munosib harakat qildi. Pep unga finalda ham ishonsa kerak. Maydon markazida uchlik — Gyundogan-Rodri-Silva joy olsa kerak va Foden, de Bryuyne va Mahrez oldingi qatorda to'p tepishi mumkin. Gvardiola Agueroni tarkibga sig'dirishga jurati etmasa kerak.

Kepa, albatta, «CHelsi» darvozasida bo'lmaydi. Mendi qo'ltiqtayoqda bo'lsa ham o'z joyini egallasa kerak. Himoyada Ryudiger-Silva-Aspilikueta uchligini kutmoqdamiz. CHiluell va Jeyms qanotlarda harakatlanishadi, Kante va Jorjino juftligi markaziy yarim himoya qo'rg'onini egallaydi. Maunt va Verner safiga Ziesh qo'shilishi mumkin, shuningdek, Tuxelda Pulishich varianti ham bor. 

Natija

So'nggi ikki uchrashuvda «Aristokratlar»ning qo'li baland kelgan. Ammo Pep uchun u o'yinlar muhim ahamiyatga ega emasdi. 2016 yildan beri «shaharliklar»ni boshqarayotgan mutaxassisning ushbu klub bilan erishmagan faqat shu asosiy sovrini qolgan. Kubokka erishish uchun «Siti» tish-tirnog'i bilan kurashsa kerak. Buyuk murabbiylarni birin-ketin taslim eta olgan Tuxel ham kubokdagi muvaffaqiyatsizlik alamini ushbu ushrashuvdan olishi mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham, 29 may oqshomida shiddatli bahs guvohiga aylanamiz. 

Sizningcha, ushbu to'qnashuvda kim xursandchilik bilan, kim esa ko'zyoshlar bilan maydonni tark etadi?

Oqil Abdubarnoev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика