So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  19 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

"Manchester Siti", "Ayaks", "Atletiko" va boshqalarga dunyo bo'ylab farm-klublar nega kerak? Yangiliklar

"Manchester Siti", "Ayaks", "Atletiko" va boshqalarga dunyo bo'ylab farm-klublar nega kerak?

Bilasizmi, futbol klublari qanday qilib global darajada brendga aylanishadi?

So'nggi vaqtlarda futbol jamoatchiligi norasmiy farm-klublar mavzusini qizg'in muhokama qilmoqda. Uzoqqa bormaylik, "Spartak" RPLga qaytgan "Ximki"ni qanoti ostiga oldi va ushbu jamoaga o'ziga hozircha kerak bo'lmagan bir qator futbolchilarni berishga tayyor. O'tgan mavsum xuddi shu yo'l bilan "Zenit" va "Sochi" hamkorlikni yo'lga qo'ygandi.

Albatta, bu borda Rossiya klublaridan avvalroq ushbu ishlarni amalga oshirganlar bor. Evropada katta klublarning bazilarida o'zlarining "mashg'ulot poligonlari" va zaxira futbolchilari uchun o'yin amaliyoti taqdim etish imkoniyati mavjud. Farqi ularning aksariyati boshqa-boshqa ligalarda, hatto ko'pincha boshqa mamlakat chempionatlarida ishtirok etadi.


"AYAKS"

Qaysi jamoaga egalik qiladi: "Ayaks" Keyptaun (JAR)

Bu futbol tarixidagi ilk voqea. Yani bir klub ikkinchisini sotib olishi tarixda birinchi marta 1999 yil yuz bergan. "Ayaks" shaharning ikki jamoasi birlashishidan yuzaga kelgan jamoaning 51% akciyalarini qo'lga kiritadi.

Keyptaunning "Seven Stars" va "Spyors" jamoalari birlashib, golland klubi "Ayaks" nomini olishdi. Amsterdamliklar JARda yoshlar rivojlanishi uchun zarur maydonni ko'ra oldi. Qizig'i, Afrikada Evropada mavjud barcha narsani tashkil qilishdi: sifatli futbol akademiyasi ochildi va rivojlantirila boshlandi. Hozir jamoani sobiq skaut va "Ayaks" yoshlar jamoasi murabbiyi Andries Ulderink boshqarmoqda.

JARdagi "Ayaks"ning eng omadli sahifalaridan biri Stiven Pienar ismi bilan bog'liq:

U Keyptaundagi maktabni tamomlagan. Ikki mavsum mahalliy chempionatda to'p tepdi. Amsterdamga ko'chib o'tdi va u erda ikki bor chempion unvonini qo'lga kiritib, bo'lajak yulduz nomiga sazovor bo'ldi

Biroq Pienar orqali "Ayaks"ning Janubiy Afrikadagi filiali pul ishlab ololmagan. 2006 yil yarim himoyachi shartnomani uzaytirishni istamadi va "Borussiya"ga erkin agent sifatida yo'l oldi.


"MONAKO"

Qaysi jamoaga egalik qiladi: "Serkl Bryugge" (Belgiya)

2017 yil "Monako" xo'jayinlari Dmitriy Ribolovlev va knyaz Alber II klubning asosiy akciyalari paketini qo'lga kiritishadi. O'shanda jamoa bir amallab ikkinchi divizionda jon saqlab qolgandi.


— Biz professional futbolda o'rnimizni saqlab qolish uchun ushbu taklifga rozilik bildirdik. Bu kelishuv bizga stabillik va Belgiya futboli oldi qatorlarida bo'lish imkonini beradi, — deyiladi "Serkl Bryugge" bayonotida.

"Monako" bilan hamkorlik natijasida uch punktning barchasi bajarildi:

Moliyaviy muammolar hal qilindi va klub professional maqomini saqlab qoldi

"Serkl Bryugge" oliy ligaga qaytgach (yo'llanmani "Monako"dan ijaraga olingan Irvin Kardon goli keltirdi)

Barqarorlikka erishildi — 2018 yildan so'ng jamoa biror marta ham 14-o'rindan pastrog'ini egallamadi (yaqinda yo'q bo'lib ketishi mumkin bo'lgan klub uchun yomon natija emas)

Qo'shimchasiga "Monako" va unga yaqin jamoalar u qadar ham yomon bo'lmagan futbolchilarni klubga berib turishdi. Misol uchun, "CHelsi"dan Kilian Azar (aka-ukalarning kichigi), "Kuban" sobiq himoyachisi SHandao, Adama Traore.

Bir so'z bilan aytganda "Serkl Bryugge" — kuchli kompaniya qanoti ostida, "Monako" esa Belgiyada rasman farm-klubi bilan ish olib bormoqda.


"ATLETIKO" MADRID

Qaysi jamoaga egalik qiladi: "Atletiko Ottava" (Kanada), "Atletiko San-Luis" (Meksika), "Atletiko de Kolkata" (Hindiston — 2017 yilgacha)

"Atletiko"ning "adashlari" Kanadada, Meksikada va Hindistonda taxminan bir xil scenariy ostida tashkil qilindi: "katta aka" yangi loyihaga mablag' ajratadi va shu yo'l bilan yangi bozorga kiradi.

2014 yil Kalkuttaning "Atletiko"si qayta tashkil qilingan Xindiston superligasida birinchi bo'lib rasmiylashtirilgan klub hisoblanadi. 

2017 yil madridliklar Meksikaning "San-Luis" jamoasi akciyalarining 50%ni sotib oladi va klubni yo'q bo'lib ketishiga yo'l qo'ymaydi.

2020 yil Ottava shahri rahbarlari bilan "Ottava Fyuri" klubini jon saqlashiga imkon berishadi va jamoa yangi tashkil etilgan Kanada premer-ligasida ishtirok etadi.

"Atletiko" tanlovi Ispaniyadan tashqaridagi klublarga tushayotganing bir sababi bor. Klub global brendga aylanishni istaydi va er sharining turli nuqtalarida bunday jamoalarni sotib olish, klub obro'siga va o'sha erdagi muxlislar auditoriyasida "matraschilar"ga nisbatan simpatiya uyg'otishi tabiiy.

SHu bilan birga, "katta" "Atletiko" ushbu loyihalarga ortiqcha mablag' sarflab o'tirmaydi — u erlarga oyligini o'zi to'laydigan ko'plab futbolchilarni jo'natmaydi, klub tizimiga deyarli aralashmaydi. Biroq "reklama"ni qoyillatib qo'yishadi:

Hindistonda Teddi SHeringem bosh murabbiy bo'lgan, Robbi Kin esa futbolchi sifatida to'p tepgan;

San-Luisda madridliklarning asosiy tarkibi tashrif buyurgan ko'rgazmali uchrashuv tashkil etilgan;

Ottavadagi jamoani Mista boshqaradi. Ispaniyalik ushbu yulduzni ko'p joyda tanishadi va u faoliyatini "Toronto"da yakunlagan bo'lsa-da, "Atletiko", "Valensiya" va "Deportivo"da nom chiqargan.

Kim uchundir oxirgi nom u qadar mashhurdek tuyulmas, lekin SHimoliy Amerika va Osiyodagi muxlislar hisobiga "Atletiko"ning ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilari soni ortadi, umumiy teleauditoriya kengayadi va rasmiy fan-klub azolari soni oshadi.


"RED BULL" TIZIMI

Qaysi jamoaga egalik qiladi: "Red Bull Zalcburg" va uning farm-klubi "Lifering" (Avstriya), "RB Leypcig" (Germaniya), "Nyu York Red Bullz" (AQSH), "Red Bull Bragantino" (Braziliya) + sportni boshqa turlarida ham ko'plab loyihalar.

Ditrix Mateshic sport sayyorasini yaratdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Red Bull"ning futbolda vakillari u qadar ko'p bo'lmasligi mumkin — besh klub (va yana bittasi Afrikada edi, lekin u yo'q bo'lib ketdi), ammo xokkeyda, "Formula-1"da, Moto GP, elkanli sportda, skeytbording va serfingda ham "RB" jamoalari bor.

"Red Bull"ning futbol olamidagi elchisi — "RB Leypcig" hisoblanadi:

• Oxirgi mavsumda jamoa Bundesligada uchinchi pog'onani band etdi;

• ECHL yarim finalida PSJ bilan bahs olib boradi;

• Jamoa forvardi Timo Vernerni "CHelsi" 53 mln evroga sotib oldi.

Hozir klub tarkibida narxi 20+ mln evro bo'lgan 13 futbolchiga ega. Ulardan Dayot Upamekano (45 mln) Ibraima Konate (40,5 mln) va Marsel Zabitcer (35 mln)ni misol qilib keltirish mumkin. ECHLdagi o'yinlaridan keyin Upamekanoning narxi yana bir necha millionga oshgan bo'lsa ajab emas.

O'zi "RB" tarixi nimadan boshlanganini unutmaslik lozim. To'qqiz yil avval beshinchi divizon vakili "Markranshtadt" "Red Bull" koncerniga Germaniya chempionatida ishtirok etish licenziyasini o'z qarzlarini yopish uchun sotib yuboradi. Ko'rib turganingizdek, 2011 yildan beri juda ko'p narsa o'zgardi. 


CITY FOOTBALL GROUP (CFG)

Qaysi jamoaga egalik qiladi: "Manchester Siti" (Angliya), "Jirona" (Ispaniya), "Montevideo Siti" (Urugvay), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Mumbai Siti" (Xindiston), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Lommel" (Belgiya), "Yokogama" (Yaponiya), "Sichuan Czyunyu" (Xitoy).

2019 yil holatiga ko'ra CFG 3,73 milliard funtga baholangan va bu sport kompaniyalari uchun jahon rekordi.


Barchasi 2008 yil shayx Mansur ibn Zayd al-Naxayon (BAA qirol oilasi vakili) Angliyaning "Manchester Siti"sini sotib olish uchun Abu Dhabi United Group kompaniyasini tashkil etishidan boshlanadi. Yuzlab million investiciya va transfer bozoridagi faollik evaziga "shaharliklar" o'n yildan sal ko'proq vaqt ichida to'rt bor mamlakat chempioni, ikki bor Angliya Kubogi va to'rt marta Liga Kubogi sohibiga aylandi. 

Ilk g'alabalardan keyinoq shayxlar ishni global darajaga kengaytirishni o'ylab qolishadi. Buning uchun 2014 yil City Football Group kompaniyasi tashkil etiladi va aynan u tizimdagi barcha klublar boshqaruvini qo'lga oladi. Avvaliga MLSda "Nyu-York Siti", keyin Avstraliyada "Melburn Siti" bo'ldi (qiziq har ikki safar ham jamoani rivojlantirishning dastlabki bosqichi David Vilyaga ishonib topshirildi).

2020 yilga kelib CFG ro'yxatida to'qqizta erkaklar jamoasi (o'ninchisi Franciyaning "Trua" jamoasi bo'ladi degan gaplar yo'q emas), "Man Siti" ayollar jamoasi, qo'shimchasiga Niderlandiya va Venesueladagi loyihalar mavjud.

Xolding mashg'ulot infratizimini yaratadi va rivojlantiradi, yangi stadionlar quriladi, bolalar va faxriylar uchun maktablar ochiladi. Barcha jamoalardan "Manchester Siti" farm-klubi sifatida foydalaniladi. Qolaversa, yangi iqtidorlar izlash uchun skautlar boshqarmasi ham mavjud. Bundan tashqari, CFG agentlik faoliyati bilan ham shug'ullanadi — uning "qanoti ostida" taxminan 1500 professional futbolchi mavjud.

Boshqa tomondan, ko'plab sport loyihalari shayxlarning biznes-qiziqishlari uchun xizmat qiladi degan shubhalar mavjud. Ammo ishbilarmonlar avval ham bunday ishlar qilgan va CFG dan keyin ham undaylar topiladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика