"Manchester Siti" Aguero bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
12 iyu 2020 13:16
Yangiliklar
"Manchester Siti" Aguero bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
"Manchester Siti" rahbariyati hujumchi Serxio Agueroga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.
"Mirror" xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi 2022 yili jamoani tark etib, "Independente" safida o'ynashni istamoqda. Biroq "shaharliklar" ayni damda uning o'rnini bosa oladigan forvard topa olishmayapti. SHu sababli unga 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilinmoqda.
Aguero - "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U 370 o'yinda 254 marta raqiblari postiga yo'l topgan.
Fikrlar