⚡️"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritdi Yangiliklar

⚡️"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritdi

Xabaringiz bor, UEFA CHempionlar Ligasida pley-off bahslaridan avval klublar qaydnomaga o'zgartirishlar kiritishi mumkin.

Qishki transfer oynasida faol bo'lgan va o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni o'z tarkibiga qo'shib olgan "Manchester Siti" ham bu ishni amalga oshirdi. 

SHuningdek, "Siti" Husanovdan tashqari Vitor Reis hamda Omar Marmushni ham qaydnomaga qo'shgan.

Eslatib o'tamiz, o'tish bahslarida "shaharliklar" "Real Madrid" bilan ro'baro kelishadi. Mazkur to'qnashuvning birinchi o'yini 11 fevral tunda Manchesterda bo'lib o'tadi. 


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика