⚡️"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritdi

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2025, 14:27
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar Ligasida pley-off bahslaridan avval klublar qaydnomaga o'zgartirishlar kiritishi mumkin.

Qishki transfer oynasida faol bo'lgan va o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni o'z tarkibiga qo'shib olgan "Manchester Siti" ham bu ishni amalga oshirdi. 

Shuningdek, "Siti" Husanovdan tashqari Vitor Reis hamda Omar Marmushni ham qaydnomaga qo'shgan.

Eslatib o'tamiz, o'tish bahslarida "shaharliklar" "Real Madrid" bilan ro'baro kelishadi. Mazkur to'qnashuvning birinchi o'yini 11 fevral tunda Manchestyerda bo'lib o'tadi. 


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN