So’nggi yangiliklar

10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  5 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  19 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  17 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  125 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10

“Manchester Is Red” yoxud “Yunayted”ning derbidagi g'alabasida muhim rol o'ynagan 3 omil Yangiliklar

“Manchester Is Red” yoxud “Yunayted”ning derbidagi g'alabasida muhim rol o'ynagan 3 omil

Teglar :  Manchester Yunayted
Kecha “Manchester Yunayted” buyuk kambekni amalga oshirdi.

Albatta, birinchi bo'limdagi o'yin sifati va 0:2 yakunda umuman boshqa tomonga o'zgarib ketishini kim ham bilgandi... Biroq shuni ko'rib turib ham sevimli jamoasiga umid qilganlarga esa qoyil qolamiz va qarsaklar chalamiz. Xo'sh, qanday sabablar bilan “Yunayted” derbida “Siti”ni mag'lub etdi?

POGBA = POGBUM

Ushbu o'yindan keyin kim Joze va Pogba o'rtasida ziddiyatlar borligiga ishonadi? O'yingacha dunyoning ko'plab nashrlari ikki tomonning munosabati yomonligi, o'zaro gaplashmayotgani haqida bong urdi. Biroq o'yin davomida shunga amin bo'ldikki, bunday emas.

Mourino Pogba bilan bo'layotgan munozaralarga oydinlik kiritdi

Birinchi bo'limda ham, ikkinchi taymda ham Pogba yaxshi o'ynadi, u jamoani oldinga boshlashga, etakchilikni qo'lga olishga harakat qildi. Biroq dastlabki 45 daqiqalikda “Yunayted”ning o'yini o'xshamadi, qilingan harakatlar zoe ketdi. Ikkinchi bo'limda esa aynan Pogba 97 soniya ichida ikkita gol urdi. Bilasiz, derbi kabi bahslarda har bir gol muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribali Pogba esa muhim vaziyatlarda o'zini yo'qotib qo'ymadi, por(t)lab chiqdi. BUM! Hisob 2:2! “Yunayted” muxlislarida umid uchqunlari uyg'ona boshladi. “Siti” ikkinchi goldan keyin parchalanib ketdi, “qizil iblislar”ning ishtahasi ochildi. Ketma ket hujumlar uyushtirildi. Albatta, “Siti” alo darajada o'ynadi. Biroq futbolda muhimi natija ekanligini barcha biladi. Pogba esa ana o'sha natijani keltirib bergan muhim omilga aylandi.

XALQARO MAYDON

“Yunayted” “Sevilya”ga yutqazganidan keyin xalqaro maydondagi ishtirokini yakunladi. “Siti” esa qiyinchiliklarsiz chorak finalga etib bordi. Aynan ECHLdagi uchrashuv ham natijaga tasir o'tkazdi. 4 aprel kuni “Liverpul”ga qarshi o'tgan o'ta og'ir bahsda “shaharliklar” yirik hisobda taslim bo'lishdi. “Yunayted” o'sha kuni dam oldi va uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirdi. O'yingacha “Siti” 3, “Yunayted” 7 kun dam oldi. Bunda farq katta albatta. 3 kun dam olgan futbolchilarning barchasi ham o'yingacha balansni ushlab qola olishmaydi. Gvardiola esa shu boisdan asosiy tarkibda keskin o'zgarishlar qilishga majbur bo'ldi. De Bryuyne, Aguero zaxirada qoldi. Bilasiz, bunday uchrashuvlarda murabbiylar doimo qo'l ostidagi eng jangovor tarkibni maydonga tashlaydi. Ayniqsa, chempionlik hal qilinishi kerak bo'lgan o'yinda...

Gvardiola qo'l ostidagi jamoa ilk marta qatorasiga ikki uchrashuvda 3 ta gol o'tkazdi

Ammo, bir necha keskin qarama qarshiliklar oldinda qad ko'tarib turganida biror uchrashuvdan voz kechib, boshqasini tanlash kerak. Gvardiola jamoasi 3 kunda “Liverpul” va “Manchester Yunayted” bilan o'ynadi. Keyin esa 4 kunda “Liverpul” va “Tottenxem”ga qarshi maydonga tushadi. Keyingi bahslarda nima bo'lishini hech kim bilmaydi, biroq Gvardiola jamoasining ishlari ortga tisarilgani aniq. Axir uning jamoasi hali hech qachon ketma ket ikki uchrashuvda 3tadan gol o'tkazib yubormagan edi-da.

MOURINO NAZARIYASI

Gvardiola ham, Mourino ham o'z uslubiga, nazariyasiga ega. Pep tiki-taka, Joze esa mashhur “avtobus” uslubini yoqtiradi. Birinchi bo'lim davomida “Siti” tiki-takasi bilan “Yunayted”ning “avtobus”ini buzib tashlagani aniq. 2ta gol kiritildi, ko'plab vaziyatlar, raqibga o'yin bermaslik. Buni “Yunayted”ning muxlislari ham tan olishsa kerak. Ammo ikkinchi bo'limda Joze “B” rejasini ishga soldi chog'i yoki o'yinga boshqacha nazariya bilan qaradi. Nima bo'lgan taqdirda ham birinchi bo'limdagi “Yunayted”dan asar ham qolmadi. Maydonga xuddi “Yunayted”ning boshqa tarkibi tushib kelgandek ko'rindi. SHunchaki #Respect

"Manchester Siti"ni chempionlik bilan tabriklayman" - Joze Mourino

“Yunayted”ning yo'qotadigan hech narsasi qolmagandi. Agarda mag'lub bo'lsa, “Liverpul” bilan oradagi farq 1 ochkogacha qisqarib ketardi. G'alaba mavsumni 2-o'rinda yakunlashning kafolati bo'lib xizmat qilardi. Biroq “Yunayted” futbolchilari ko'z oldida “Siti”ning chempionlikni nishonlashini xohlashmasligi ayon edi. Mourino futbolchilarga shunday degani aniq. SHu orqali MYU siz-u biz kutgan o'yinni namoyish etib berdi. Ikkinchi bo'limda “Yunayted” “Siti”dan ham ruhiyat, ham nazariya, ham sermahsullik, ham hisob bobida ustunlik qila oldi.

Keling, yaqin o'tmishga nazar tashlaymiz. O'tgan mavsumda o'yin sifati borasida “CHelsi” barchadan ustun edi. “Stemford”da “Yunayted” darvozasiga 4 gol kiritdi. Biroq ushbu jamoa bilan “Old Trafford”dagi bahsda MYU dahshatli o'ynadi, raqibiga o'z darvozasiga yaqinlashgani umuman imkoniyat qoldirmadi. Uzoqqa bormaymiz, ikkinchi davrada “Liverpul” va “CHelsi” qay tarzda mag'lub etilganini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Joze uchrashuvga boshqacha o'yin uslubini tanladi. Natijada g'alabalar qo'lga kiritildi. Ikkinchi davra “Yunayted” uchun juda yaxshi o'tmoqda. Garchi yutqazgan bo'lsa-da “Manchester Siti” ertami kech chempionlikni qo'lga kiritadi.

Uchrashuvni har doim mayda detallar hal qiladi. Bo'ldi, o'yin tugadi, natija tarixga kirdi. “Yunayted” 3:2 hisobida yutdi va ikkinchi o'rinni deyarli kafolatladi. Joze esa qaysidir manoda o'ziga bildirilayotgan tanqidlardan soqit bo'ldi. O'yinni ko'rmaganlar esa armonda qoldi!

Mirjalol Normatov

Muallif : Mirjalol Normatov
Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика